Turon tekisligi

Turon tekisligi, Turon pasttekisligi — O’rta Osiyoning shim.g’arbiy va Markaziy qismi hamda Qozog’istonning Jan.g’arbida joylashgan tekislik. Shim. g’arbda Ustyurtning shim.g’arbi bo’ylab Sharqiy Evropa tekisligi (Kaspiybo’yi pasttekisligi), Jan. Ural (Mug’ojarning Sharqiy chekkasi, Uralorti penepleni), shim.da G’arbiy Sibir (To’rg’ay platosining shim.Sharqiy tik yon bag’ri bo’ylab), Qozog’iston past tog’lari bilan (uning g’arbiy chekkasi bo’ylab), shuningdek, Betpakdala cho’li, BalxashOlako’l botig’ining shim. chekka qismlari bo’ylab chegaralanadi. Jan.sharkda va Jan.da O’rta Osiyo tog’lari (Jung’ariya Olatovining Sharqiy, Tyanshanning shim., OlayHisor tog’larining g’arbiy, Paropamiz va Kopetdog’tog’larining shim. etaklari), g’arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. T. t. berk havza, uning Markaziy qismida Orol dengizi botig’i joylashgan. Mayd. 1,5 mln. km2. O’rtachabal. 150— 200 m. G’arbiy qismi (Kaspiybo’yi pasttekisligi) dengiz sathidan 28 m pastda, ba’zi bir botiqlar (mas., Qoragiyo botig’ining tubi) -132 m. Sharqqa tomon tekislikning balandligi ortib boradi. T. t.da O’rta Osiyoning yirik qumli, gilli, Toshloq, lyossgilli cho’llari (Qoraqum, katta va kichik bo’rsiq, Balxash bo’yi) joylashgan. T. t. er yuzasining tuzilishi xilmaxil, kelib chiqishi, shakli va yoshi jihatidan har xil orografik shakllar: pastgekisliklar, platolar, past tog’lar, qirlar, botiqlar, qad. Daryo o’zanlari, deltalar tarqalgan. T.t.ning Markaziy qismini Turon pasttekisligi egallagan. Undan har tomonga balandlik ortib boradi. Bir qancha platolar (Ustyurt, Mang’istov, Krasnovodsk, Shag’iray va b.) bor. Ular ichida eng yirigi — Ustyurt. Platolar xamma tomondan tik yon bag’ir (chink) lar bilan o’ralgan. Past tog’lar T.t.ning g’arbiy kismidagi Mang’istov ya.o.da — Krratov (556 m), shim. va Jan. Oktovlar, Kizilkumdagi Sulton Uvays tog’i (485 m), Bo’kantov (500 m), Etimtog’ (622 m), Tomditov (922 m), Aristontov (698 m), Ovminzatov (649 m), Quljuqtov (785 m), Qozoqtov (613 m), Balxash ko’lining Jan. g’arbida Jeltov, Oytov (1052 m) va b. Bular paleozoy tog’jinslaridan tashkil topgan, suvayirg’ich qismi turli tuzilishga ega (qoyali, tekislangan yuzalar), yon bag’irlari ko’pincha tik, qryali, ko’plab quruq soylar bilan kesilgan. T.t.da mezokaynozoy tog’jinslaridan tuzilgan bir qancha qirlar (Bodxiz, Qorabel, Qorabovur, Oqtumshuq va b.) mavjud. Ularning yon bag’irlari nishabroq, atrofidagi tekisliklar bilan astasekin tutashib ketadi, bal. 1000 m gacha. T.t.da bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Askaovdan, Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqog’itma va b.) bor. Ularning uz. 40 km gacha, eni 20 km gacha (Qoragiyo) etadi. Botiklar tubida baxrr faslida vaqtinchalik ko’llar g’osil bo’ladi. Ba’zilarda (mas., Sariqamishda) doimiy ko’l bor. T. t.da O’rta Osiyoning yirik daryolari: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning to’rtlamchi davrda tentirab oqishi natijasida kelib chiqqan qad. o’zanlari (O’zbo’y, Janadaryo, Aqchadaryo, Moxondaryo va b.) saqlanib qolgan. Ba’zi o’zanlarning, mas., O’zbo’yning uz. 500 km dan ziyod, eni 300 m, chuq. 40-50 m ga etadi. T.t.da tugaydigan ko’pchilik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Tajan, Murg’ob va b.) yirik deltalar xrsil qilgan. Ularning tekis joylarida katta maydonga ega bo’lgan taqirlar, sho’rxoklar vujudga kelgan. Kaspiy dengizining Sharqiy, Orol dengizining Jan.Sharqiy qismlarida dengiz tekisliklari vujudga kelgan. T.t.ning katta qismida eol jo’yakli qumlar, jo’yakqovak qumlar, barxanlar, ba’zi qismlarida (Ustyurt, Kaspiy dengizi sohillarida) karst relef shakllari tarqalgan. T. t. Turon shgitasida joylashgan. Uning paleozoy cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’jinslaridan tashkil topgan poydevori har xil chuqurlikda o’rnashgan, ba’zi hududlarda, mas., Markaziy Qizilqumda er yuzasiga chikib, yangi tektonik xarakatlar ta’sirida past tog’lar hosil bo’lgan. Plitaning poydevorini mezokaynozoy yotqiziklari qoplagan. Iklimi keskin kontinental, shim. kismida mo”tadil, Jan.da subtropik iklim. Kishi, shim. kismida sovuq, yozi issiq, havosi quruq, kam bulutli. Yanv. ning o’rtacha trasi, shim. kismida -17°, -18°, Jan. qismida esa 2°, 4°. Eng past tra, shim. qismida -35°, -40°, Jan.da — 20°, -25°. Iyulning o’rtacha trasi 25°, 35°, shim. kismida 21°, 22°. Eng yuqori tra 50° gacha ko’tariladi. Tekislikning katta qismida 200 mm dan kam yog’in tushadi, eng kam yog’in (80-100 mm) Amudaryoning quyi qismida. Shim. tomonga yog’ingarchilik ko’payib, 300— 400 mm ga etadi. T. t.da doimiy oqar daryolar yo’q, tog’lardan boshlanuvchi daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, ili, Chu, Murg’ob, Tajan va b.) tekislik hududiga etib keladi. Tektonik, antropogen ko’llar (Orol, Balxash, Sariqamish, Aydarko’l, Dengizko’l va b.) mavjud. T.t. er osti suvlariga boy, lekin, ularning katta qismi sho’r. Chuchuk er osti suvlari Turon plitasining poydevori va ba’zi qum massivlarida xrsil bo’lgan. Uning hududidan oqib o’tuvchi daryolarda suv omborlari (Tuyamo’yin, Tajan, Sariyoz, Hovuzxon, Yo’lo’tan) va kanallar (Koraqum, AmuBuxoro va b.) barpo etilgan. Tuproklari kulrangqo’ng’ir, bo’z, qumli, taqir, o’tloq, sho’rxok, agroirrigasion tuproklar. Ularning ko’pchiligi sho’rlangan, chirindiga boy emas. O’simlik qoplami siyrak, qurg’oqchilik sharoitida substrat tarkibiga moslashgan, vegetasiya davri qisqa bo’lgan shuvoq, sho’ra, juzg’un, qum akasiyasi, efemer va b. tarqalgan, vohalarda madaniy o’simliklar o’stiriladi. Hayvonot dunyosi har xil, hayvonlar qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan. Bir qancha qo’riqxonalar (Amudaryo, Badayto’qay, Bodxiz, Borsakelmas, Hasanko’li, Repetek, Ustyurt, Qizilqum, Qoplonqir) tashkil etilgan. T.t. turli tabiiy boyliklar (ikg’shmi, foydali qazilmalar, chorvachilik ozuqasi, er)ga ega. Foydali qazilmalardan neft, gaz, oltin, fosforit, qurilish materiallari bor. Murod Mamatqulov.