Pirmuhamedov Rahim

Pirmuhamedov Rahim [1896.20.12 (1897.1.1) – Toshkent – 1972.16.2] -birinchi uzbek kinoaktyorla- ridan. O’zbekiston xalq artisti (1948). Moskva uzbek drama studiyasini tugat- gan (1930). Ijodiy faoliyatini 1918 y. K. Marks nomidagi teatr truppasida boshlagan, keyinchalik Samarqand, na- mangan teatrlarida ishlagan. 1924 y. Toshkentda utka-zilgan “kuldiruvchilar musobaqasi”ning g’olibi bo’lgan. 1927 y.dan kinoaktyor. P. epizodik rollar usta- si sifatida tanilgan. U ovozeiz kino (“Masjid gumbazlari OS-tida”da Umar- ning do’sti; “soyabon arava”da Jo’raboy; “Ravot qashqirlari”da Akromxon, “Ma- xov qiz”da Saidmurod va b.) davridanoq etakchi kinoak-tyorlardan bo’lgan. Bu davrda u ovozeiz kinoning eng yaxshi an’- analarini o’zlashtirib, o’zining keyingi faoliyati uchun muhim zamin tayyorlagan. Birinchi uzbek ovozli filmi “qasam”da Rahim milisioner obrazini yaratdi. P. ijodidaxalqteatrian’analari, zamo- naviy sahna san’ati yutuklari va kino estetikasi madaniyatiga xos xususiyat- lar uyg’unlasha borgan, u Amir ayg’oqchisi (“Nasriddin Buxoroda”), Abulmalik (“Alisher Navoiy”), Abdulxayr (“Abu Ali ibn Sino”), karvonsaroy soqchisi, ko’sa (“Tohir va Zuhra”; “Nasriddinning sarguzashtlari”) singari chuqur milliy, hayotiy obrazlar yaratdi. Turli xil xatti- harakatlar, o’ziga xos mimika va b. vosi- talar b-n obrazlariga satirik va yumo – ristik bo’yoq berib, ularni turli drama- tik kulgili holatlarda namoyish etish P. ijodiga xos. “Furqat” filmidagi qotil, “o’tgan kunlar”dagi Qushbegi, “Mahallada duv-duv gap”dagi Arslon- bek, “Sen etim emassan”dagi chipta na- zoratchisi kabi salbiy obrazlar o’zining to’laqonliligi, rang-barangligi, sati- rik bo’yoklarga, milliy koloritga boyli- gi b-n ajralib turadi. Ibrohim oshpaz (“Gullar ochilganda”), Akmal qiziqchi (“Natashaxo-nim”), vazir (“ikki dil dostoni”) kabi rollari uzbek kinosi zarvaraqlaridan o’rin oldi. “Shiddat” filmidagi Mullaboy uning ijodidagi so’ngti obraz bo’ldi. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni b-n mukofotlangan (2003). Ll.Akbarov X., Rahim Pirmuhamedov, M., 1970; Teshaba eV Dj., Raxim Pirmu- Xamedov, T., 1970.