Pirmuhammad Mirzo

Pirmuhammad Mirzo (1376— 1407.22.2) — temuriy Shahzoda. Amir Te- Murning nabirasi, Muhammad Jahongir Mirzoning o’g’li. Otasining o’li-midan 40 kun o’tgach, baxt mulk Og’o begimdan tug’ilgan. 1392 y.da Amir Te-Mur G’azna, Kobul, Zobuliston, qan-dahor viloya- ti va Sind, daryosigacha bo’lgan erlarni P. tasarrufiga topshirgan edi. U bo- bosi Amir Temurning bir necha harbiy yurishlarida, jumladan, Hindiston fathida qatnashgan. Amir Temur vafo- ti oldidan P.ni o’ziga valiahd deb e’- lon qilgan. Biroq P.ni boshqa temuriy shahzodalar va hatto O’trorda turgan qo’shin boshliqlari (Amir Shoh Malik va Shayx Nuriddin va b.) ham tan olmagan- lar. Har bir viloyat hokimi Sohibqiron vafotidan so’ng o’z nomidan tanga zarb etib, no-mini xutbaga qo’shib aytadigan bo’lgan. Temuriylar taxtiga Xalil Sul- ton o’tirgan. U P.ga qarshi 1405 y. may- da Sulton Husayn boshchiligida qo’shin (30000 kishi) tortgan va Balxni egal- lagan. Sulton Husayn Xalil Sultonga qarshi isyon ko’tarib Samarqandga yurish qilgan. Xalil Sulton uni 6 iyulda chek- dolik (Shahrisabz Jan.da)da tormor kel- tirgan va uni ta’qib etib Balxni egalla- gan. Sulton Husayn Shopur-Gon va and- xud hokimi Sulaymonshoh (Amir Temur- ning jiyani) huzuridan panohtopgan. P. Sulaymonshohdan Sulton Husaynni be- rishini qattiq talab qilgan, rad javobi olgach, unga qarshi 3000 otliqsan iborat qo’shin jo’natgan. Sulaymonshoh va Sul- ton Husayn Hirot-ga, Shohrux huzuriga qochib borishgan. Shohrux P.ning tala- bini to’g’ri deb topgan, Sulton Husayn qamoqqa olinib, qatl etilgan va uning bosh terisi ichiga somon to’lg’azilib P.ga jo’natilgan. P. Sulaymonshoh ustidan qozongan g’ala-basidan keyin Balxni olgan va Movarounnahrga qarshi birga- likda kurashish uchun Shohrux b-n mu- zokaralar olib borgan. Shohrux undan yurishni kechiktirishni so’ragan, biroq P. o’jarlik qilib, qarshi tomon harakat qila boshlagan. 1406 y. 20 Fev.da qarshi yaqinida Xalil Sulton b-n jang qilib mag’lubiyatga uchragan. P. Balxga qochgan va bir yildan so’ng qotil pir Ali toz tomonidan o’ldirilgan. Shohrux P.ni o’chini olish maqsadida qo’shin tortib Balxni egallab olgan va 1370 y. Amir Te- Mur tomonidan buzib tashlangan shahar qo’rg’onini qayta tiklagan. Manba: Abdurazzoq Samarqandiy , Matlai sa’dayn va majmai Baxrayn, T., 1969. Ad.: Fayziev T., Temuriylar shajara- si, T., 1995.