PASTDARG’OM TUMANI

PASTDARG’OM TUMANI – Samarqand viloyatilagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1929-38 y.larda Akmal Ikromov tumani deb atalgan. 2001 y.da P.t.ga Go’zalkent tumani qo’shildi. Shim.dan Oqdaryo va ish-Tixon, g’arbdan Kattaqo’rg’on, Nurobod tumanlari, Jan. dan Qashqadaryo viloya-ti va sharkdan Samarqand tumani b-n chegaradosh. Mayd. 0,53 ming km2. Aholisi 267,3 ming kishi (2003). P.t.da 1 sha-har (Juma), 1 shaharcha (Charxin), 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Arabxona, Bolatosh, Dimishqibolo, Na- muna, Sanchiqo’l, Saribosh, Torariq, Tu- Ron, Xalqaobod) bor. Markazi — Juma shahri. Tuman nomi (“Pastdarg’om”)ning kelib chiqishini mahalliy tilshu- nos, toponimistlar Daryo (Darg’om)ning qu-yisi (quyisidagi er, hudud) deb izohlaydilar. Haqiqatan ham Zaraf- shonning pastki qismida joylashgan Darg’om kanali tuman hududidan oqib o’tadi. 1141 y. 9 sent.da KOTVON Dash- tida Saljuqiylar va qoraxitoylar o’rtasidagi jang Darg’om daryosi bo’yida bo’lib o’tgan va tarixchilarning ta’kid- lashicha “… jangda saljuqiylardan 30 ming kishi halok bo’lgan, 10 ming kishi- ni Darg’om daryosi oqizib ketgan”. Daryo nomi “Boburnoma”da ham uchraydi. Tabiati. Tuman relefi yassi tekis- lik bo’lib, sharkdan g’arbga Nishab. Yuza- si uchlamchi davr cho’kindi jinslaridan tashkil topgan. Ustki qismini Zaraf- shon va uning irmoklari olib kelgan allyuvial yotqizikdar qoplagan. Tuman hududining Jan.-sharqi Zarafshon tog’ tizmalarining g’arbiy uchi b-n band. Bal. 2204 m gacha. Jan.-g’arbiy qismi Qarnobcho’l dashtining Sharqiy va qarshi cho’lining shim. chekkalaridan iborat chala cho’llardir. Tuproklari, asosan, bo’z tuproq. Cho’l zonasida ozroq sho’rxoklar bor. Tog’etaklarida jigarrang va qo’ng’ir tog’-o’rmon tuproqlari tarqalgan. Yov- voyi o’simliklari: shuvoq, bug’doyiq va tog’chala cho’l o’simliklaridan iborat. Da- ryolarning qa-yirlarida ro’vak, qamish, sho’rajriq, suvrang, kampirsoch, itgunaf- sha, yul-g’un va b. o’sadi. Yovvoyi hayvon va par-randalardan: bo’ri, tulki, quyon, chiya- bo’ri, jayran, jayra, qobon, kalta-kesak, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, ko’rsichqon, kichik qo’shoyoq, qumsich-qon, tipratikan, kalamush, qirg’ovul, loyxo’rak, o’rdak, so’fito’rg’ay, chug’urchiq, zarg’aldoq va b. uch- raydi. Tuman hududining shim.dan Zaraf- shon Daryo-sining tarmog’i — Qoradaryo va b. soylar oqib o’tadi, g’arbida yozda qurib qoladigan soylar bor. Tuman hududi orqali Darg’om kanali, eski Anhor kana- li o’tadi. Iqlimi keskin Kontinen-tal. Lekin, shim., shim.-Sharq va Sharq tomon- dan tog’lar b-n o’ralganligi uchun qishi iliqroq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi — 1,9°, iyulniki 27,2°, eng past t-rasi -26°, eng yuqori t-ra 44°. Yillik yog’in 328 mm, aso- san, qish va bahorda yog’adi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, rus, tatar, koreys va b. mil- lat vakillari ham yashaydi. Axrlining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 504 kishi. Xo’jaligi. Tuman xo’jaligida etakchi tarmoq q.x. P.t.da paxta tozalash z-dlari (Juma va Charxin), “O’zbiokom-binat” korxonasi, “Agrokimyota’minot” aktsi- yadorlik birlashmasi, “Agromashser- vis” aktsiyadorlik jamiyati,’ qurilish tashkilotlari, g’isht z-Di, “paxta- bank”, “Tadbirkorbank”, Milliy bank bo’limlari, mebellar uyi, supermarket, 346 savdo do’konlari, bozorlar, 99 umu- miy ovqatlanish, 239 maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari mavjud. Qo’shma, kichik va xususiy korxonalar faoliyat ko’rsatadi. P.t.da 10 ga yaqin shirkat xo’jaligi, Pastdarg’om ijara xo’jaligi va b. bor. Q.x.da foydalaniladigan erlarning 16,8 ming ga eriga paxta, 14,7 ming ga eriga don va boshqa ekinlar ekiladi (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, ot, par-randa boqiladi. P.t.dagi 116 umumiy ta’lim MAK- ta-bida 59287 o’quvchi ta’lim oladi, 3 kasb-hunar kolleji, respublika badiiy aka-demiyasi tasarrufidagi 1 san’at li- tseyi, O’zbekiston — Koreya hamkorligida ochilgan san’at kolleji, 2 musiqa MAK- tabi mavjud, 59 kutubxona, 22 klub, ma- daniyat uylari va saroylari, mada-niyat va istirohat bog’lari, 22 xalq te-atri, 6 xalq ansambli faoliyat ko’rsa-tadi. Tu- manda 12 stadion, 890 sport maydoncha- lari, sportning milliy ku-rash, karate, Real-aykido turlari va b. bo’yicha sport klublari ishlab turibdi. P.t.dagi tuman Birlashgan kasalxo-na- si, unga qarashli 4 kasalxona, 5 shifoxo- na, 76 feldsher-akusherlik punktlari, 200 qishloq-davolash am-bulatoriyalari, 16 qishloq vrachlik punktlari, 21 dori- xona mavjud. Tuman hududi orqali Toshkent — Du- shanba, Toshkent — qarshi poezdlari o’tadi. Kattaqo’rg’on—Juma—Samarqand, Samarqand—Sazag’on—Jom, Juma— Xoncharvoq va b. yo’nalishlarda Avto- buslar qatnaydi. Toshkent—Urganch, Toshkent—Navoiy yo’nalishlari bo’ylab qatnaydigan avtobuslar ham tuman hududi orqali o’tadi. Juma—Saza-g’on o’rtasida qattiq qoplamali avtomobil yo’li o’tkazilgan. 1931 y.dan “past- Dargom haqikati” tumani gaz.si chiqadi.