Passatlar

Passatlar (gollandcha passaat) — tropik kengliklarda okeanlar ustida yil bo’yi barqaror esib turadigan havo oqimlari. P. tezligi er yuzasida 5-6 m/s ni tashkil qiladi. Vertikal kalin- ligi 2-4 km bo’lib, ekvator tomon oshib boradi. P.ga meridian bo’ylab ekvator tomon yo’nalgan oqimlar qo’shiladi, na- tijada shim. yarim sharda P. ko’proq shim.-Sharqiy shamollar, Jan. yarim shar- da esa Jan.-shar-qiy shamollar bo’lib esadi. P. subtro-pikdagi antisiklon- lar b-n chambarchas boglangan (ular bu antisiklonlarning ekvator tomondagi chekkalariga karab esadi). Shamol ma- romi tez-tez o’zgarib turadigan tropik o’lkalarda P. ancha sust, ba’zi joylarda P. o’rnini mussonlar egallaydi. Ekva- tor yaqinida bu-tun troposfera va quyi stratosfera qatlamida Sharqiy shamol- lar ustunlik qiladi. Troposferaning yuqori qatlamlarigacha ko’tarila olmagan P. ustida shamollar g’arbiy yo’nalishga ega bo’ladi. P. ustidagi bu oqimlar anti- passatlar deb ataladi. P. va antipassat- lar ekvator b-n subtropiklar o’rtasida tsirkulyasiya sistemasini hosil qiladi. P.ning okeanlar yuzasida quyi ken- gliklarga qarab oqadigan havosi suv- dan sovuqroq bo’ladi. Shuning uchun bu havo tagidan iliydi va to’p-to’p bulutli konvektsiya vujudga keladi. Lekin bu bu- lutlardan yog’in yog’maydi va P. Hukmron o’lkalarning havosi quruq bo’ladi. Ma- teriklarda P. esadigan joylarda tro- pik cho’llar hosil bo’lgan. Lekin Shim. va Jan. yarim sharlardagi P. oralig’idagi zonada konvektsiya kuchi va balandligi keskin ortadi; katta balandliklargacha keng bulutlar to’dasi yuzaga keladi, ular- dan jala yomg’irlari yog’adi. Quruklikda bu zona nam subekvatorial va ekvatorial o’rmonlar zonasiga to’g’ri keladi. Tohir Muxtorov.