Past temperaturalar
Past temperaturalar – kri- ogen temperaturalar — suyuq havoning qay-nash t-rasi (80k) dan past t-ralar; Xalqaro sovuqlik in-tining 1971 y.dagi 13 Kongress ida qabul qilingan tav- siyaga binoan, 120 K dan past t-ralar. Mutlaq nol t-ra (-273° yoki OK.) dan hisoblanib, kelvinda ifodalanadi. P.t.ni hosil qilish va saklab turishda, odatda, suyultirilgan gazlardan foyda- laniladi. Buning uchun maxsus qurilma — suyultirgichlar ishlatiladi. Atmos- fera bosimida bug’lanib tu-ruvchi suyuq gazlar Dyuar idishlari (suyuq gaz- ning normal qaynash t-ralari TL yaxshi saqlanadigan idishlar) da saqlanadi va ularning qaynash t-rasi TN vaqt o’tishi b-n o’zgarmasdan qoladi. Amalda quyidagi suyultirilgan gazlardan foy- dalaniladi: (TL,=90,2 K), havo (Tw=80K), azot (T”=77,4 K), vodorod (T”=20,4 K) va geliy (T”=4,2 K). Maxsus qurilmalar yor- damida idishdagi bug’lanayotgan suyuq gaz- ni so’rib olib, suyuqlik ustidagi bosim- ni kamaytirish va shu b-n uning kaynash t-rasini pasaytirish mumkin. Shunday qilib, qaynayotgan suyuklik ustidagi bo- simni o’zgartirib, uning t-rasini pasay- tirish va shu yo’l b-n yanada past t-ralar olish mumkin. 1932 y. da 0,73 K t-ra olin- gan. 0,ZK dan past t-ralar sohasi o’ta P.t. deb qabul qilingan. O’ta P. t.ni olishda paramagnit tuzlarni adiaba-tik magnit- sizlantirish usuli keng qo’llaniladi. Bu usulni 1926 y.da P. Debay va V.Jiok kashf etgan. 630,74° dan 13,81 K gacha bo’lgan t-ralar, xususan, platinadan yasalgan qarshilik termometrlari yorda- mida 0,001 K gacha aniklik b-n o’lchanadi. Bu termometrlar platina elektr karshi- ligining t-raga bog’liklik qonuniyatiga asoslangan. 100K dan past t-ralarni o’lchashda toza germaniydan yasalgan kar- shilik termometrlari qo’llaniladi. 0,3—5,2 K soha uchun geliy to’yingan bug’bosimining t-raga bog’liqlik qonuniyatidan foydalanish mumkin. 1K dan past t-Rani kvant statistikasi, ya’ni energetik sathlarning elektronlar b-n to’lganlik darajasini aniklash usulla- ri orqali o’lchanadi. P.t.dan gazlarni ajratib olish (mas, havoni suyultirib kislorod va azot olish)da, katta hajmdagi yuqori vakuum hosil qilishda foydalanila- Di. Elektrotexnika va radiotexnika qurilmalaridagi shovqinlarni yo’qo- tishda keng qo’llaniladi. P.t.dan o’ta o’tkazuvchan o’tkazgichlar tayyorlashda va shu orqali zaryadlangan zarralarning tezlatkich uchun muhim bo’lgan kuchli magnit maydonini hosil qilishda va b. maqsadlarda foydalaniladi. Abror No”monxo’jaev.