Pulpit
Pulpit — tish bo’shlig’ini to’ldi-rib turadigan g’ovak biriktiruv- chi to’qima — pulpanchng yallig’lanishi. Pulpaga tish chirishi natijasida mi- krob kirishi, shuningdek, tishni qon b-n ta’minlaydigan kon tomirlarning jarohatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yallig’lanish ro’y beradi. Turli ki-myoviy moddalar ta’sirida (har xil kislotalar ishlati- ladigan korxonalarda ishlaydigan ki- shilarda) ham P. paydo bo’lishi mumkin. Kasallik ko’pincha to’satdan boshlanadi. Tish qattiq og’riydi (ovqat chaynash, is- siq yoki sovuq ta’siriga bog’liq bo’lmagan holda), og’riq boshqa tishlar, ensa, quloq, chakkaga ham tarqaladi. Og’riqqa pulpa yallig’langanda tishning qattiq to’qimalari ichidagi yumshoq to’qimalar shishib, pul-padagi nervlarni ezib qo’yishi sabab bo’ladi. P. natijasida pulpa o’ladi, og’riq kamayadi, lekin tish o’z vaqtida davolanmasa, vaqt o’tishi b-n o’lgan pulpadagi mikroblar tish kana- li orqali tish atrofidagi to’qimalarga o’ta-Di, natijada tish ildizi uchidagi to’qimalar yallig’lanib, periodontit ke- lib chiqadi. P.ni vrach-stomatolog davolaydi. P.ning oldini olish chirigan tishlarni o’z vaqtida davolatishdan iborat, yilda 2 marta vrach-stomatologga ko’ri-nib turish maqsadga muvofiqdir.