Psixoanaliz

Psixoanaliz {psixo… va ana- Liz) — psixoterapiya metodi va 3. Freyd tomo-nidan rivojlantirilgan psixo- logik ta’limot. Ongsiz psixik jara- yonlar va motivasiyani diqqat markaziga qo’yadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bola- likda paydo bo’lgan seksual (jin-siy) mayl tashkil qiladi degan g’oyani ilga- ri surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish P.da har xil nevrozlar va tur- li patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va q.k.)ning asosiy manbai sifa-tida qaraladi. P. nazariyasiga ko’ra, 3 xil psixik instantsiyalar hukm surishi mumkin: g’ayrishuuriy “u” (id) — mayl doirasi; turli himoya vositalari b-n “U”ning impulelarini cheklovchi shu- uriy “men” (Ego); “o’ta-men” (Suner— Ego) — ijtimoiy taqiqdar, qonun tu- siga kirgan majburiy tartib-qoidalar. Freyd fikricha, “men” reallik tamoyi- liga asoslangan holda inson psixikasi- da harakatlanuvchi qaramaqarshi kuchlar- ni muvofiklashtirish vazifasini baja- radi. Inson o’zining qad. Ajdodlaridan irsiy yo’l b-n o’tgan instinktiv mayl- larning namoyon bo’lishi tufayli faol- dir. Instinktiv mayllar dastavval jin- siy instinkt va o’zini himoya qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga kela- Di. Lekin jamiyat shaxsni ko’p jihatdan cheklab qo’yadi, uning instinktlari va mayllari “tsenzura”dan o’tkaziladi. Bu- ning natijasida o’zining aksariyat in- stinktlari va mayllarini to’xtatish, taqiqlashga majbur bo’ladi. Instinktiv mayllar uning shaxsiyatiga tegadigan ruhiy holat sifatida ongli hayotidan siqib chiqariladi, lekin yo’qolib ket- maydi, faqat ongsizlik sohasiga o’tka- zib yuboriladi, xolos. P. ta’limotining vazifalaridan biri — ongsizlik sohasidagi “komp-leks”larni aniklash va ularni anglashga yordamlashishdan iborat. Ushbu ta’limot namoyandalari shaxsning ichki ixtilofla- rini ochib berish uchun “Edip kompleksi” ni yaratdilar. Ularning mulohazasicha, instinktiv mayllar o’z quvvati va faol- ligini saklagan holda insoniyat madani- yati va shaxs faoliya-ti maxsulining har xil shakllariga kirib (“sublimasiyala- shib”), ongsizlik holatidan turib inson xulq-atvo-rini boshqarishda ishtirok qilaveradi. P. da ongsizlik b-n ongli- lik o’rta-sidagi qaramaqarshi munosa- batni mutlaqlashtirish uchraydi, buning natijasida ularning o’zaro bir-birini to’ldirish imkoniyati rad qilinadi. P. adabiyot va adabiyotshunoslik, san’- at va san’atshunoslik, boshqa gumanitar fanlar va tibbiyotga ta’sir ko’rsatdi. Ergash G’oziev.