Predikativlik
Predikativlik (lot. praedicativus — tasdiqlovchi, qat’iy) — 1) zamonaviy mantiq fanida — belgilar va predmetlar o’rtasida ob’ektiv mavjud bo’lgan aloqalarni aks ettiruvchi asosiy tushunchalardan biri; 2) tilshunoslikda — gapni shakllantiruvchi sintaktik ka- tegoriya bo’lib, ran mazmuniga ob’ektiv borliqning u yoki bu hodisasi haqida xabar berish xususiyatini baxsh etadi. P. belgi (harakat, sifat va xususiyat) b-n predmetning zamon va maylda anglashi- ladigan o’zaro munosabatini ifodalay- Di va shu tarika gapni alohida fikrni shakllantiruvchi va u hakda xabar beruv- chi birlikka aylantiradi (mas, “olma gulladi”, “doimo tinchlik bo’lsin!”). Modomiki, ran mazmunining borliqqa munosabati uni muayyan zamoniy va mo- dal (Real yoki irreal) darajaga qo’yishni taqozo qilar ekan, P. ham ikki sintaktik kategoriyaning — zamon va maylning bir- ligidan iborat bo’ladi. Ikki tarkibli gaplarda — kesim, bir tarkibli gaplar- da esa ularning bosh bo’lagi P.ning ifo- dachisi xisoblanadi.