Pop-musiqa
Pop-musiqa [ing. pop (popular) music — ommabop musiqa] — 20-a.da qaror topgan engil (ko’ngilochar) mu- siqa uslublarining umumiy ifodasi. Dastlab (1950-y.larda) fakat rok mu- siqata nisbatan qo’llanilgan. Hozirda ko’ngilochar tijoriy musiqaning barcha janr va uslublariga nisbatan ishlatila- Di (shlyager, ritm-end-blyuz, Disko, Soul, launj va embient, xip-xop, elektro-pop va h.k.). P.-m.ning asosiy tamoyili — turli (jumladan, xalq musiqasi, mum- toz kompozitorlik ijodi, jaz va b.) musiqa qatlamlariga oid ifodaviy vo- sitalardan foydalanib muayyan uslubiy qoliplarni yara-tishdan iborat. Bu esa P.-m. namunalarining idrok etish jara- yonini yuqori darajada engillashtirib, ijodiy “mahsulot”ning xaridorbopli- gini ta’minlaydi. P.-m.ning ijod va ijro jarayonlari xalqaro “musiqiy industriya” tizimi- ni tashkil etadi. Unga ovoz yozish stu- diyalari, grammplastinka, audiokasseta va musiqali kompakt-disklarni ishlab chiqaradigan kontsernlar (mas, “Sony music”), radio va televidenie (mas, “MTV” kanali), maxsus nashrlar va re- klama shakllari (videoklip kabi), Pro- dyuser markazlari va b. kiradi. Ular ijod-korlarning badiiy topilmalarini an-dozalashtirish va ayni shu andozalar asosida yaratilgan yuzlab-minglab “yangi” namunalarni turli milliy madaniyatlar- ga singdirish yo’lida faoliyat kursatadi. Shuning uchun, P.-m. tizimida etuk san’- atkorlar b-n bir kdgorda ko’pincha rekla- ma tufayli mashhur bo’lgan “yulduz”lar faoliyat kursatadi, musika uslubida esa ommalashib ketgan unsur (oxang, usul va b.)lar asosiy urin tutadi. Olimjon Bekov.