Pirrotin
Pirrotin (Yun. pyrrotes — cho’g’day qizil yoki quyuq sariq), magnit kolchedani — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Tarkibi G’e, KS. Qo’shimcha sifatida Ni, Co bo’ladi, hamda qat-tiq qorishmalari (xalkopirrotinlar) uchraydi. Geksago- nal yoki monoklin singoniyali Kristal- lari kam uchraydi, odatda, yaxlit massa yoki xol-xol donalar shaklida bo’ladi. Rangi to’q sariq, qiz-dirilganda qo’ng’ir tusga kiradi, me-talldek yaltiroq, mo’rt. Strukturasi nuqsonli, chunki oktaedr bo’shliqlarning hammasi ham G’e b-n to’ldirilmagan. Qat-tikligi 3,5—4,5; zichligi 4580-4700 kg/ m3. Magnit xos- sasi tarkibiga qarab o’zga-radi: S kam bo’lgan triolit va geksagonal P. — anti- ferromagnetiklar, S ko’p bo’lgan mono- klin P. — ferromagnetik (Kyuri nuqtasi 300-320°S). P.ning ay-Rim mineralla- ri paramagnetizm (magnit anizotropi- yasi) xususiyatiga ega. P. qaynoq aralash- malardan vujudga keladi. Turli genetik tiplarda va endogen konlarda tarqalgan: asosli magmatik jinslarda sulfat uyumlari (mis-nikel sulfidlar) ora- sida, kontakt-metasomatik konlarda xalkopirit, pirit, kassiterit, sheelit, kaltsit, kvars b-n, gidrotermal konlar- da sfalerit, galenit, xalkopirit, kas- siterit, arsenopirit b-n, cho’kindi jin- slar orasida siderit b-n birga uchraydi. Oksidlanish zonasida pirit, markazit va qo’ng’ir te-mirtoshlarga aylanadi. P. ru- dalarida boshqa foydali komponentlar bo’lmasa, kam foydalaniladi, ular ol- tingugurt, temir, sulfat kislota olish- da xom ashyo sifatida ishlatiladi, nikel- li P. nikel olish uchun foydalaniladi. P. O’zbekistonda dastlab Samarqand VI- loyatida (1891), so’ngra Chatqol-Qurama tog’larida, O’zbekiston g’arbi va janubi- da va b. joylarda topilgan.