Pirofillit
Pirofillit (Yun. rug — olov, phyllon — yaproq; qizdirilganda yupqa yaproqsimon bo’lakchalarga ajraladi) — qatqat silikatlar sinfiga mansub mi- neral. Al2[Si4O10](OH)2. A1 qisman Mg, G’e b-n almashadi, aralashma holida MgO, G’eO, G’e2O3 mavjud. Rangi och yashil, sarg’ish, kulrang va oq. Qattiqligi 1-2, zichligi 2650-2900 kg/m3. O’tga va kis- lotaga chidamli. Monoklin singoniyali, yaproqsimon agregatlar hosil qiladi. Konlari metamorfik jinslar b-n bog’liq bo’lib, pirofillitli slanes va zich agalmatolit uyumi holida uchraydi. Yaxshi izolyator, kimyo-viy reaktsiyalarga chidamli. Sanoatda yuqori glinozyomli material sifatida o’tga va kislotaga chi- damli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bezak toshi sifatida ham ahamiyati bor. RF (Ural janubi), Ukraina, XXR, AQSh va Braziliyada konlari bor.