Pirotexnika

Pirotexnika (Yun. rug – olov va texnika) — portlovchi va yonuvchi aralashmalar tayyorlash hamda ular- ni amalda qo’llash b-n shugullanadigan texnika tarmog’i. Harbiy maqsadlarda, sanoatda, q.x.da, bayramlarda mushak- bozlikda qo’llanadigan moddalar b-n shug’ullanuvchi turlari bor. Harbiy maqsadlarda yorituvchi pi- rotexnik tarkib (PT)lar, signal, yondi- ruvchi, yorug’iz qoldiruvchi, tugun hosil qiluvchi PT lar qo’llaniladi. PT dan jang maydonida snaryadlar, bombaning portlashi kabi sun’iy portlashlarni hosil qilishda ham foydalaniladi. Sa- noatda relslar, trubalar, elektr sim- lar, turli qotishmalar i.ch. da termit PT dan foydalaniladi. Gugurt i.ch.da ishlatiladigan tarkiblar ham PTning bir turi hisoblanadi. Signal PT la- ridan transportda, kinoga olish, musha- klar tayyorlash va b.da foydalaniladi. Q.x. o’simliklarni zararkunandalardan saqlash, xo’l mevalar saqlanadigan om- borlar va vino bochkalarini dezinfek- tsiya qilishda PT ishlatiladi. Ko’pchilik Ptlarning asosini OK- sidlovchining yonilg’i b-n ikkilamchi ara- lashmasi tashkil etadi; bunda yonil-g’i qisman oksidlovchidagi, qisman havodagi kislorod hisobiga yonadi. PT da nitrat- lar va perxlorlarat, metall oksidlari (Fe3O4, MnO2 va b.) oksidlovchi vazifa- sini bajaradi. Yuqori t-rali PT da yonuvchi ara- lashma sifatida Mg, A1 va ularning qotishmalari, kamdan-kam Ti va Zr dan; tutun hosil qiluvchi aralashmada esa, asosan, organik moddalardan foy- dalaniladi. PT yonganda ajraladigan issiqlik 1,2-8,4 MJ/kg (300-2000 kkal/kg), yonish t-rasi 400-3500°, yonish tezligi 0,5—20 mm/s.