Periodontit
Periodontit (peri… va Yun. odontos — tish), perisementit — tish il- dizi atrofidagi to’qimalar (peri-odont) ning yallig’lanishi. Kelib chiqishiga ko’ra, infektsion va noinfektsi-on bo’ladi. Infektsion P. ko’p uch-raydi. In- fektsiya periodontga turli yo’llar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (ka- Ries) orqali tushadi. Noinfektsion P. dori, kimyoviy moddalarning periodont yorig’iga tushishi, periodontning mexa- nik shikastlanishi (zarb, qattiq narsa- larni tishlash, koronkaning sinishi va h.k.) natijasida yuzaga keladi. O’tkir va surunkali P. farq qilinadi. O’tkir P. bir necha soat davomida pay- do bo’ladi. Tish o’sib ketganday tuyulib, lo’qillab og’riydi. Yiring to’planib, milk shishadi. Ko’pincha, shish limfa tu- gunlariga xam tarqala-Di, ba’zan t-ra ko’tariladi. Surunkali P. Yopiqjarayon sifatida o’tadi, og’izdan qo’lansa hid keladi, tish za-rarlanganda, kishi sovqotganda og’riq paydo bo’ladi. Ba’zan granulyoma hosil bo’lib, o’smaga aylana- Di. Bemor muta-xassis vrach nazoratida davolanadi. Og’riq qoldirish maqsadida og’iz shalfey qaynatmasi b-n chayiladi. P.ning oldini olish uchun chirigan tish- lar, og’iz bo’shlig’i kasalliklarini o’z vaqtida davolash lozim.