Mingo’rik

Mingo’rik, Mingo’riktepa — qad. shahar xarobasi (1 —13-a.lar). Mahalliy aholi o’rtasida Afrosiyob tepaligi nomi b-n ham mashhur bo’lgan. Minoraqasr (to’rtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent t.y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joy- lashgan; shahar xarobasi o’rnida 19-a.da katta O’rikzor bo’lganligi uchun shunday atalgan. Hoz. shahar qurilishi munosa- bati b-n yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Іmarta 1896 y. (E. T. Smirnov, N. S. Likoshin tomonidan), keyin 1912 y. (A. I. Dobrosmislov, Tur- kiston arxeologiya havaskorlari to’garagi a’zolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. E. Masson arxeologik kuza- tish ishlari olib borgan. 1qazish ishla- ri O’zbekiston FA Tarix va arxeologiya in-ti (yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan o’tkazilgan. 1968 y.dan Toshkent arxeologiya ekspedi- tsiyasi davom ettirmoqda. Bu ishlar nati- jasida Shahriston (15 ga) va Ark (0,5 ga) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 1-bosqich 1-4-a. larga mansub bo’lib, ichki turar joy kom- pleksini muhofaza qilgan uzun yo’lakli, qo’shqator qal’a devorlari qoldig’i to- pilgan. Devor tashqarisida unga yondosh- tirilib qurilgan to’rtburchakli burj va mo’lalar bo’lib, ularning orasi 12 m ga teng bo’lgan. 2-bosqichda (5-6-a. lar) shahar tez sur’-atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam Ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-a. oxirida shahar Chochning poytaxti bo’lgan. Arab manbalarida tilga olingan “Madinat ash-Shosh” shu yodgorlikning aynan o’zi deb hisoblanadi. 3-bosqich (7-8-a.lar) Arab xalifaligining Chochga yurishi ara- fasida shahar eng kjsalgan davr bo’lgan. Barcha me’moriy qurilish uslublari kompleksi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydala- nish, uy-ro’zg’or asbob uskunalari, idish- lar M.ning umumsug’d madaniyati asosida Sug’d, Farg’ona va O’rta Osiyoning boshqa joylari b-n mu-stahkam aloqada rivoj- langanligidan dalolat beradi. Shu b-n birga shahar turmush tarzida ko’chmanchi qabilalarning ta’siri katta bo’lgan. Shahar qurilishi kengayib borgan sari qal’a devorlari torlik qilib, uning xarobalari ustiga Shahriston uylari- ga nisbatan salobatli saroyqasr kom- pleksi — Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibo- datxonalardan tashqari qo’shimcha xo- nalar (xo’jalik ehtiyojlari uchun) ham bo’lgan. Bu davrda Choch o’lkasi Turk xoqonligiga tobe bo’lgan. Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs san’- ati ayniqsa, yuksak pog’onaga chiqqan. 8-a. boshlarida Choch poytaxti Arab xalifa- ligi istilochilari tomonidan vayron qilinib, xarobaga aylantirilgan. 10-a. da M.ning bir qismidagina hayot tiklan- gan va 13-a. gacha davom etgan. Markaz yangi shahar — Binkatga ko’chirilgan.