Marshall rejasi

Marshall rejasi – 2-jahon urushidan keyin Evropani AQSh va ka- Nadaning iqtisodiy yordami b-n tiklash va rivojlantirish dasturi; bu rejani 1947 y. 5 iyunda AQSh davlat kotibi,general J. K. Marshall (1880— 1959) ishlab chiqqan va uni amalga oshirish 1948-51 y.larga mo’ljallangan. Reja- ni amalga oshirish bo’yicha G’arbiy Ev- ropadagi 16 davlat — Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Shvesiya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Portugaliya, Av- striya, Shveytsariya, Gresiya hamda tur- kiya M. r.da ishtirok etishga rozi bo’ldi va Evropa iqtisodiy jamiyatini tuzish haqidagi konventsiyani qabul qildi. Key- inchalik, M. r.ga G’arbiy Germaniya ham jalb etildi. AQSh Kongressi iqtisodiy hamkorlik qilish qonunini qabul qilgach (1948), M. r., ya’ni to’rt yillik “chet el davlatlariga yordam” dasturi kuchga kir- Di. Unda ikki tomonlama bitim asosida G’arbiy Evropa davlatlariga yordam ko’zda tutilgan. Yordam AQSh federal byudjeti- dan qaytarib olinmaydigan subsidiya va zayomlar tarzida beriddi. 1948 y.Danto 1951 y.gacha AQSh M. p., bo’yicha 17 mlrd. dollar mablag’sarfladi. Uning asosiy qismi Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya va GFR (AQSh va GRF o’rtasida 1949 y. dek.da imzolangan ikki tomonlama bi- Timga asosan) davlatlariga berildi. Rejada “erkin tadbirkorlik”ni ri- vojlantirish, xususiy Amerika inve- stisiyalarini rag’batlantirish, bojxona ta’riflarini pasaytirish, AQShga ba’- zi bir taqchil tovarlarni etkazib berish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, Amerika yordamini olish natijasida bo’shagan milliy valyutada maxsus fond- lar tashkil etish va ularning AQSh to- monidan nazorat kilinishi, olingan mablag’larni qay tarzda sarflanayotgan- ligi haqida muntazam hisobot berib tu- rish mo’ljallangan. Risolat Ishmuratova.