Marv jangi

Marv jangi — Muhammad shay- boniyxon boshchiligidagi Shayboniylar qo’shini b-n Eron shohi Ismoil I sa- faviy qo’shini o’rtasida Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlog’i yonida sodir bo’lgan jang (1510 y. 4 dek.). 1509 y. Shayboniy- xon shim.ga qozoklar xoni Qosimxonga, 1510 y. kuzvda Feruzko’hdagi hazoralar ustiga muvaffaqiyatsiz yurish qilgan. Shayboniyxon 1510 y. Hirot atrofida qo’shiniga dam berib, ko’pgina Amir va Shayboniy sultonlarga o’z mulklariga ketishga ruxsat etgan. Biroq bu orada sa- faviylar shohi Ismoil Xurosonga yurish qilgani haqida xabar olingan. Shaybo- niyxon Shayboniy sultonlarni yordamga chaqirib, ularga tavochilar (choparlar) jo’natgan, o’zi esa qo’shini oz bo’lgani tufayli Marvga chekingan. Biroq chopar- lar quruq qaytishgan. Sultonlar o’tgan yili (1509 y.) Shayboniyxon ularga in’om etgan mulklarni tortib olgani tufayli undan arazlab Marvga kelmagan- lar, faqatgina Muhammad Temur Sulton Samarqand qo’shini, Ubaydullaxon esa Buxoro qo’shini b-n jang oxirida etib kelgan, xolos. Ismoil Shayboniyxon huzuriga qo’rchiboshn boshchiligida elchi- lar yuborib, uni taslim bo’lishga unda- gan, biroq rad javobini olgach, Ismoil Marvni qamal qilgan va Jan-GDA, odatda, turkiy xalqlar uchun xos bo’lgan harbiy qiyla ishlatgan: safa-vyylar qo’shini qamalni bo’shatib Marv devorlari ostidan go’yo orqaga chekinganday bo’lib, o’zbeklarni shahardan chiqishga majbur qilishgan. Shayboniyxon bu gal tajri- bali sarkarda uchun kechirib bo’lmas xato- ga yo’l qo’ygan; u o’z raqibi kuchiga etarli baho bermagan. Yordam kelishini kutib o’tirmasdan u “chekinayotgan” Ismoil or- tidan tashlangan. Biroq uning orqa tomo- niga o’tib olgan Safaviylar qo’shinining bir qismi Murg’ob ko’prigini buzib tash- laydilar, natijada Ismoilning 17 min- Glik qo’shini Shayboniyxonni qur-shovga olgan. Mirza Muhammad Haydarning yozishicha, Shoh Ismoil qo’shinida taxm. 40 ming, Shohibekxon (Shayboniyxon) qo’shinida esa 20 ming jangchi bo’lgan. O’ta shiddatli, qonli jangda barcha o’zbek sultonlari (amirlari) va Shayboniyxon halok bo’lishgan. Ad:Mirza Muxammad Xaydar,Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istori- ko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennie Pa- myatniki, T., 1985; Axmedov B. A., Isto- riya Balxa, T., 1982. Faxriddin Hasanov.