Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyo – Osiyo materi- gining ichki qismidagi tabiiy oblast. Mayd. 6 mln. km2. Shim. va g’arbiy chek- kasi Mongoliya, XXR b-n RF o’rtasidagi davlat chegarasigacha bo’lib, sharqi katta Xingan, Jan. esa Tibet hudo’didagi Tsang- po (Brahmaputra) daryosi va Hind Daryo- sining yuqori qismi b-n o’ralgan. M.O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relefi kenglik bo’ylab cho’zilgan tog’ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-Shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungo- riya, G’arbiy Mongoliyadagi katta ko’llar soyligi, Tarim, Tsaydam)dan iborat. Ay- Rim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botig’i — 154 m). Qum va shag’alli baland tekisli- klar, kichik tog’ko’p. Iqlimi hamma erda keskin kontinental, cho’l iqlimi; yog’in kam, yiliga o’rtacha 100-200 mm, marka- ziy qismlarida 10-30 mm, chekkalari- da 300— 400 mm, Jan.-sharqida, Tibet tog’larining chetlarida 1000 mm va undan ham ko’proq. Qishda antisiklon ta’siri- da qattiq sovuq bo’ladi, yanv.ning o’rtacha t-rasi -10°, -25°, eng past t-ra -50°, -52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum tog’larida muzliklar bor. Selenga, Ir- tish, Xuanxe, Yantszi, Brahmaputra, Hind, Mekong, Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari tog’lardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar ko’lining mayd. 2620 km2, eng chuqur joyi — 238 m. M.O.da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va b. cho’llar katta maydonni egallagan. Cho’l va chala cho’llar baland tog’largacha ko’tarilib bo- radi. Balandlik mintaqalari Nanshan- ning Sharqiy qismida, Sharqiy Tyanshan- ning shim. yon bag’irlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-g’arbiy yon bag’irlarida uchraydi. Xangay, Xentey tog’lari va Ti- bet tog’ligining Jan.-Sharqiy chetlarida anchagina o’rmonlar bor.