Munosabat

Munosabat (falsafada) — mu- ayyan tizimdagi elementlarning joy- lanish xarakteri va ularning o’z-aro bog’likdigini ifodalovchi falsafiy tushuncha; biror narsa yoki hodisaga nis- batan shaxs mavqeining ifodasi; turli ob’ektlarni yoki biror ob’ektning turli tomonlarini fikran taqqoslash. M.lar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab tizimlarni kel- tirib chiqaradi. Mac, har qanday qonun narsalar, hodisalar o’rtasidagi muhim M. hisoblanadi va, aksincha, ayni bir narsa boshqa narsalar b-n turli M.da bo’lishi mumkin. Bu esa u yoki bu narsa- ning ko’p xossaga ega ekanligini bildi- radi. Har qanday narsani uni tashkil etuvchi elementlarning o’zaro nisbati deb qarash mumkin. Bu nisbatning o’zgarishi b-n narsalar ham o’zgaradi. Jamiyatda ki- shilarning FA-oliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro M.lar ijtimoiy M.lar sa- naladi. Mantiqda M. tabiiy tillardagi birdan ortiq egasi (yoxud bir ega yoki bir necha to’ldiruvchisi) bo’lgan gaplar kesimi b-n ifoda qilinadi. Gap egala- ri (ega va to’ldiruvchilar)ning soniga qarab binar (2 o’rinli, 2 bo’lakli), ter- nar (3 o’rinli, 3 bo’lakli) va umuman, p—ar (p — o’rinli, p — bo’lakli) M.lar bo’ladi. Bu turdagi M.larni munosa- batlar mantiqi o’rganadi. Matematik mantiqning formallashtirilgan tilla- rida M. tushunchasi o’rnida predikat tu- shunchasi qo’llaniladi.