Marsiya

Marsiya (marsiya) — 1) yaqin va O’rta Sharq poeziyasida adabiy janrlar- dan biri; 2) biror mashhur kishi yoki keksa oila a’zosi vafoti munosabati b-n g’am-alam va hasratni ifodalaydigan xalq og’zaki poetik va musiqa ijodiyo- tining azamotam janri. M. qo’shiq yoki ashula turi sifatida dafn marosimida hayotdan ko’z yumgan kishining yaxshi xis- latlari, ish faoliyatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib erkaklar tomo – nidan jo’rsiz rechitativ yoki kuychan, og’ir, mungli ohanglarda aytiladi. M.da xalq so’zlari, g’azal, ruboiy, mu- xammas va b. asosida shaxs boshiga tush- gan kulfat, yakin kishidan judo bo’lish qismati aks etadi. Ayrim xududlarda, ba’zan esa oilalarda M.ni ayollar ham alohida ta’sirchan va mahorat b-n ayt- gan. “Sadr”yoki “jaxr” marosimlarida M. (“aytib yig’lash” ma’nosida) lar yakin qarindoshlari davrasida Hofiz yoki xo- Nanda tomonidan ijro etilgan (ayrim xrlatlarda cholg’u jo’rnavozligida). Yozma manbalarda M. haqida ma’lumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida Siyovushga bag’ishlangan M., Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida Alp Ertunga M.si, adabiyotda Alisher na- voiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan M.si, Hamzaning birinchi o’zbek aktrisasi Tursunoyga bag’ishlab yozgan M.si, xalq orasida Mulla To’ychi Hofizga bag’ishlangan M. va b. 20-a. o’zbek adabiyoti va musiqasida M.lar ijod etilgan: Rasul kori Mamadaliev tomonidan bir necha M.lar yaratilgan; M. Burhonovning “epitafiya” asari M. sha- klida yozilgan. Rustam Abdullaev.