Mahkum

Mahkum — qonun b-n taqiqlangan muayyan jinoyatni sodir etgani uchun sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs. O’zbekistonda M.ga nisbatan quyidagi jazo choralari qo’llanilishi mumkin: jarima; muayyan huquqdan yoki biror xil faoliyat b-n shug’ullanishdan mahrum qilish; axloq tuzatish ishlari; xiz- mat bo’yicha cheklash; qamoq; in-tizomiy qismga jo’natish; ozodlikdan mahrum qilish; o’lim jazosi. M. jazoni sudning hukmi kuchga kirganidan so’ng o’taydi. Ba’zan M. aybdor bo’lsada, unga jazo tayinlanmasligi yoki uni o’tashdan ozod etilishi mumkin (O’zbekiston Respu- blikasi JK, 69-79, 87— 90moddalar). Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyat- ning mohiyati, ijtimoiy xavflilik da- rajasi va ishdagi boshqa holatlarni e’- tiborga olib, aybdorni jazo bermay ham xulqini nazorat qilish, tuzatish mum- kin, degan qat’iy fikrga kelsa, tayin- langan jazoni ijro etmaslik Tuіrisida qaror chiqaradi. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jino- yatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat natijasida etkazilgan zararni o’z ixtiyori b-n bartaraf etib, qilmishidan astoydil Pu-Shaymon bo’lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. M. barcha fuqaroviy huquqlardan foydalanadi. Uning huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasining JPK ida berilgan. M. fuqaroviy, mulkiy, voris- lik, mualliflik, kashfiyotchilik, mehnat, uy-joy huquqlariga ega. M. jazoni o’tash tartibi va shartlari, o’z huquq va maj- buriyatlari to’g’risida axborot olish, o’quv, badiiy va b. turdagi materiallar- dan foydalanish, so-g’lig’ini saklash, shu jumladan, ambulatoriya va stasionar sharoitida davolanish, advokatlardan malakali yuridik yordam olishi mumkin. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlana-yotgan M. saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydi (O’zR kon- sti-tusiyasi, 177modda). G’afur Abdumajidov.