MAROSIM QO’SHIQLARI

MAROSIM QO’SHIQLARI – musiqiy folkloruptt asosiy va qad. turlaridan. Turli (mavsum, mehnat, oi- laviy, diniy va b.) marosimlar jarayoni- da ijro etiladigan qo’shiqlar. M. q.ning matni, asosan, xalq to’rtliklari va bayt- laridan iborat bo’lib, shakli band yoki bandnakarot xususi-yatlariga ega bo’ladi. M. q. har bir marosimning ichki g’oyasi va mazmunini she’r va kuy-ohanglarning mushtarakligida badiiy ifodalab, tad- bir qatnashchilarining ruhiy holatiga ta’sir o’tkazadi. O’zbek xalq musiqa ijodida mavsumiy M. q.dan “Boychechak”, “Suet xotin”, “Lola”, “Sumalak”, “qo’sh” va b; oilaviy M. q.dan Alla, yor-yor, o’lan, Marsiya kabilar; diniy aytimlardan “Kitobxonlik”, “zikr”, “Ramazon”; ta- bobat qo’shiklaridan “ko’ch”, “dam so- lish” va b. hozirgacha saqlanib kelgan. M. q. ko’pchilik (mas, “Beshqarsak”, “naqsh”, “Yor-yor”), yakka holda (“Alla”, “kelin salom”) hamda Aytishuv tarzida (lapar va b.) ijro etiladi. Hoz. dav-rda ba’zi M. q. bolalar (“oq terakmi, ko’k terak”, “yomg’ir yog’aloq” kabilar) yoki davra (mas, “Beshqarsak”) o’yinlari sifatida ham ijro etilmoqda.