MAG’OKI ATTORI MASJIDI

MAG’OKI ATTORI MASJIDI -Buxorodagi me’moriy yodgorlik (10— 16-a.lar). Mag’ok (chuqurlik)da va Attor bozori yaqinida joylashgani sababli M.a.m. deb nomlangan. Qad. 4 ustunli Moh masjidi (9-a.) o’rnida 12-a.da eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934 y.da arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan). 14-a.da ta’mirlangan, 15-a. da peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (1541-42 y.lar) binoning yuqori tshemi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda echimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, o’rta gumbazi balandroq bo’lib, uning asosi (poygumbazi)dagi darchalar orqali bino ichiga yorug’lik tushadi. Sharqiy qismini keng pilla- poyali zina egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq g’ayriodatiy ravishda binoning yon tomoni (Jan.)da joylashgan. Keyin- chalik Sharqiy qismiga qayta qurilgan. Peshtoqining ko’rinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi o’ziga xos bez- aklar muhim o’rin tutadi. Ganch va mayda g’isht bo’lakchalaridan bezatilgan peshtoq hashami g’oyatda nafis va yuksak badiiy did b-n bajarilgan. Namoyon o’lchamlariga mutanosib ravishda murakkab bo’rtma bezaklar ishlangan. Ustungo’shalari o’yma naqshlar b-n, boshasi vazasimon shaklda ko’rkamlashtirilgan. M.a.m.ning bezakla- ri 12-a. Buxoro me’morlik maktabining yuksak namunasi sifatida O’zbekiston me’morlik tarixida alohida o’rin tutadi. 1939 — 49 y.larda peshtoqi mustahkamlanib ta’mirlangan, atrofi obodonlashtirilgan.