AHOLI ZICHLIGI
AHOLI ZICHLIGI – muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud (viloyat, tuman) aholi sonini shu joy mayd.ga (odatda 1 kilometr kvadratga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda o’rtacha Aholi zichligi 1 kilometr kvadrat ga qariyb 39 kishiga to’g’ri keladi (1990-yillar boshi), masalan, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past — 1 kilometr kvadratga 2,3 kishi, Mongoliyada — 1,4 kishi (1992). Cho’l va baland tog’larda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasida Aholi zichligi 1 kilometr kvadratga 8,7 kishi (1990). O’zbekistonda Aholi zichligi bir kilometr kvadratga 54,7 kishi to’g’ri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydoni egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.