Metamorfik tog’jinslari

Metamorfik tog’jinslari – avval cho’kindi yoki magmatik jins si-fatida vujudga kelgan, lekin er qa’rida chuqur flyuidlar, t-ra va bosim ta’sirida o’zgargan (metamorfizm) yoki er yuzasiga yaqin qatlamda ichiga kirib borgan intruziv massalar issig’idan o’zgarishga uchragan tog’jinslari. Bunda jinslarning kimyoviy tarkibi deyarli o’zgarmaydi. Cho’kindi va otqindi jin- slar metamorfizmidan vujudga kel- gan para-, va ortometamorfik jinslar farq qilinadi. M.t.j.dan slanes, gneys hamda marmar, kvarsitlar, rogoviklar ko’p tarqalgan. M.t.j. ning tarkibi Fi- zik-mexanik xususiyatlari kabi har xil. Karbonatli M.t.j.dan marmar, kaltsi- firlar, kataklizitlar alohida o’rin egallagan. Skarn, ohaktoshsilikatli jinslarning metamorfik o’zgarishiga gidrotermal suyuqliklar sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Katta ahamiyatga ega bo’lgan temir, mis kabi rudali kon- lar skarn tipiga mansub. Regional metamorfiz-mda hosil bo’lgan M.t.j. kuchli bosim ta’sirida varaqsimon qatlamlashgan. Katta chuqurlikda vujud- ga kelgan eklogitlar granat-jodeit tog’ jinslaridan iborat. Loyqa jinslardan hosil bo’lgan fillitlar ostida xlorit, granatbiotitlar, slyudali slaneslar, un- dan pastrokda gneys va granulitlar joy- lashgan. M.t.j.ningaksariyati foydali qazilmalardir.