Meteorlar

Meteorlar (Yun. meteora — atmos – fera va osmon hodisasi) — sayyoralara- ro fazodan er atmosferasining yuqori qatlamlariga katta (11-75 km/s) tezlik- da qattiq zarralar yoki jismlarining kelib tushishi natijasida ro’y beradi- gan chaqnash va b. hodisalar. Xalq tili- da “uchar yulduzlar” deb ham ataladi. M. dastlab vizual (teleskop va b.) yo’l b-n keyinroq esa fotografiya qamda radiolo- kasiya yo’li b-n kuzatilgan. Meteor jism- lar er atmosferasi b-n to’qnashganida o’z massasining to’la yoki qisman yo’qotishi va ionlashgan yorug’iz qoldirishi kuza- tilgan. Yorug’izning uzunligi bir necha km dan o’nlarcha km gacha bo’lishi mumkin. Yorug’va xira meteorlar mavjud, yorug’lari kam, xiralari ko’proqkuzatiladi. M. yorug’ligi meteor jismlarning kattali- giga va tezligiga bog’liq. Eng yorug’M. bo- lidlar deyiladi. Atmosferada bir sut- kada yorug’ligi taxm. beshinchi yulduz kat- taligidek 100 mln. ta meteor chaqnaydi. M. vaqt o’tishi b-n asta-sekin parcha- lana borib biror balandlikda (odatda 60-10 km) yo’q bo’lib ketadi. Yorug’yul- duzlar, mas, bolidlar ancha pastlik (20— 40 km) da tugaydi. M.spek-trida Fe, Na, Mg, Ca, Cr, Si+, N, o elementlarining intensiv chiziqlari aniqlangan. Er at- mosferasiga katta tezlikda yorib kirayot- gan M. harakat energiyalarini atmosfera gazlarini qizdirishga sarf qiladi. Bu- ning natijasida uyg’ongan holatga o’tgan atomlarning Ne, o, Na, Si va sa ionla- ri asosiy xrlatga qaytayotganda yorug’lik sochiladi. Er o’z harakati vaqtida M. oqimi b-n to’qnashganda erda M. yomg’iri hodisasi kuzatiladi. Bunda qisqa vaqt ichida (mas, 1 min.da) bir necha yuz M. chaqnashi mumkin.