Muallaqchilik

Muallaqchilik – tsirk san’a- ti janrlaridan biri. O’zbek tsirkining (akrobatika mashqlaridan iborat bo’lgan) an’anaviy turlaridan, tana xarakatlari b-n chiroyli shakllar yasash san’ati. M. san’atiga oid ilk ma’lumotlarni o’rta asrlarda yaratilgan adabiy manbalarda uchratish mumkin. Mu-allaqchilar odatda bozor maydonlarida, karvonsaroylarda, choyxonalarda 2-3 kishi bo’lib tomosha ko’rsatganlar. Ular orqa va yon b-n Kama- lak shaklida sakrash, ikki qo’lda, bir qo’lda, boshda muallaq turishdan bosh- lab murakkab o’yinlarga o’tishgan. Mas, engilroq, chaqqonroq muallaqchi sheri- gining turtkisi b-n havoda 2-3 marta umbaloq oshgan, aylanib u elkadan bu el- kaga qo’ngan, sheriklarining oyog’i, qo’li, boshi, elkasida muallaq turgan, 3-o’yinchi bir-biriga payvand bo’lib g’ildiragan. M. mashkdari katta dorda, simdorda, chig’irikda, chopayotgan ot yoki tuya ustida ijro etiladi. Milliy tsirk san’ati- da “besuyak” M. janri keng tarqalgan. O’zbekistonning Jan. hududlarida, xusu – san Buxoro va Xorazmda mu-allaqchilar “zangboz” deb atalgan. Ular oyoqlariga kichkina qo’ng’iroqcha — “zang”larni bog’lab, M. mashklarini ijro etishgan, pichoq b-n raqsga tushishgan, og’zidan olov uchqunlarini purkashgan. Muallaqchilik. Tohir va Murod tosh- kanboevlar hamda almira Sagnaevalar chiqishi. 20-a.da M. san’atining rivojla- nishiga 3. Parpiev, N. Nurmatov, K. G’ulomov, M. Xo’jaev, K. Zaripovlar katta hissa ko’shishgan. Hoz. kunda M. o’yinlari xam professional, ham an’a- naviy tsirkda ijro etiladi. Po’lat Toshkanboev.