Monogeneyalar
Monogeneyalar, monogenetic so’rg’ichlilar, ko’p so’rg’ichlilar (Monogenea) — yassi chuvalchanglar tipiga mansub sinf. Uz. 0,2— 3 sm. Ektoparazitlar. Asosan, baliklar terisi va jabralarida, ba’zan suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar (toshbaqalar) ichki organlarida parazitlik qiladi. Tanasining keyingi qismida yopishuvchi diski bulib, unda turli xil yopishuv or- ganlari (ilmoklar, klapanlarga uxshash so’rg’ichlar) joylashgan. Ogzi tanasining oldingi qismida. Ichagi xaltasimon yoki shoxlangan. Ayirish sistemasi Pro- tonefridiy tipida, ayirish teshikla- ri tanasining 2 yonida. Germafrodit, qo’shiluv organlari bor. Tu-xum qo’yadi, ba’zan tirik tug’adi. Odatda, nael gal- lanmasdan ko’payadi (baqa ko’p surg’ichlisi bundan mustasno). Erkin yashovchi lichin- kasi 10-16 ilmoqchalar b-n qurollangan bo’lib, yangi xo’jayinni zararlaydi. 200 ga yaqin turi ma’lum. Bir qancha turlari yosh baliqlarni zararlab, yoppasiga qirib yuboradi. M. baliqchilik xo’jaliklariga katta ziyon keltiradi.