MONOLOGIK NUTQ
MONOLOGIK NUTQ – so’zlovchining o’ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq shakli. Ay- Rim dramatik asarlarda personajning M.n.i tomoshabinga qaratilgan bo’ladi. M.n. nasriy asarlarda ham bor. Nazm- da esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Ba’zan M.n.da asarning kulminasion nuqtasi bayon etiladi. M. n. uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan o’zaro bog’liq, o’ziga xos kom- pozision qurilishga va mantiqiy tu- gallikka ega bo’lgan matnning ma’lum bo’lagi xos bo’ladi. M.n. og’zaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publisistika, memuar- lar, kundaliklar) shaklida ifodalani – shi mumkin. M.n.ning og’zaki shaklida ohang (intonasiya) muhim o’rin egallay- Di, yozma M.n.da esa ohang matnning sin- taktik konstruk-tsiyasiga, mantiqiy urg’u tushuvchi so’zlarning joylashish o’rniga bog’liq. M.n. notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-sti- listik usul bo’lib, bir qancha turlari mavjud. Mas, ta’sir qiluvchi (targ’ib qiluvchi) M.n., dramatik M.n., lirik M.n., hikoya qiluvchi (axborot beru vch i ) M.n. M.n.ning ochiq nutq va ichki nutq kabi ko’rinishlari mavjud; ochiq M.n.da personaj o’z nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki M.n.da monolog personaj- ning ichki nutqi, o’ylari shaklida namo- yon bo’ladi. Ne’mat Mahkamov.