Milliy til
Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va ma’naviy boylik b-n birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytari- xiy kategoriya. Millatning o’zaro aloqa vositasi hisoblangan M.t. 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. M.t. kabila, elat tilla- ridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifa- sini bajaradi. “M.t.”tushunchasi til- ning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi bo’lib, mavjudlikning boshqa tur(lar) iga (urug’, kabila yoki elat tiliga), shu- ningdek, boshqa M.t.larga qarama-qarshi qo’yilishi (mas, o’zbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat o’z tiliga ega. Ba’zan bir millat bir necha tilga ega bo’lishi mumkin: bel- giyaliklar — bir millat, lekin frantsuz va Vallon tillarida so’zlashadi. Shvey- tsariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, frantsuz, italyan va retoroman M.t.larida so’zla-shadi. Aksincha, bir necha Millatlar bir M.t.dan foydalana- dilar, xususan, AQSh, Angliya, Avstraliya va b. inglizcha so’zlashuvchi mamlakatlarda ingliz M.t.ining variantlari, ya’ni bri- Taniya ingliz, Amerika ingliz, Avstraliya ingliz variantlari qo’llanadi. M.t.ning hosil bo’lishi uzoq va murakkab jarayon- dir. M.t.ning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq M.t. adabiy tildan farkdanib, og’zaki nuqt va xalq shevalarini ham o’z ichiga oladi. Abduzuhur Abduazizov.