Milliy g’oya
Milliy g’oya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar maj- mui. U millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. M.G’. o’z mo-hiyatiga ko’ra, xalq, millat takdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar va mo’ljallarni ham aks ettiradi. Mac, o’z davrida (1941-45) fashistlar bosib olgan Fran- tsiyada “qarshilik ko’rsatish” g’oyasi M.G’. darajasiga ko’tarildi va Frantsiyaning ozod etilishi b-n bu g’oya o’z ahamiyatini yo’qotdi. Biror g’oyaning M.G’. sifatida maydonga chiqishi millatning o’tmishi, mavjud holati b-n bevosita bog’liq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u mil- latning qisqa vakt va uzoq vaqtga eri- shish lozim bo’lgan maqsad-muddaolari va mo’ljallarini to’g’ri ifodalay olishi mumkin. Har qanday M.G’.da umuminso- niy moqiyat mavjud bo’ladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahami-yatli bo’lgan g’oyalar ham bor. Mac, “Milliy yarash” g’oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy maz-munga ega bo’lsa, “manfaatli hamkorlik” g’oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun bir- dek ahamiyatlidir. Har bir xalq o’z ta- rixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning o’zagini tash- kil etadigan, o’ziga xos o’q, birlashtiruv- chi yadro vazifasini o’taydigan ijtimoiy g’oyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa M.G’. orqali erishiladi. M.G’. muayyan darajada insoniyat takdi- riga ta’sir qiladi. M.G’.ning yosh avlod- ni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va oda- miylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. M.G’. vositasida el-yurt birla-sha- Di, o’z oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi va ularni ado etishga qodir bo’ladi. Gulnora Ibrohimova.