Maqol
Maqol — xalq og’zaki ijodi Jan- ri; qisqa va lo’nda, obrazli, Grammatik va mantiqiy tugal ma’noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli ran. Muayyan rit- mik shaklga ega. M.larda avlod-ajdod- larning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg’ulari, ijobiy fazilatla- ri mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sod- da poetik shaklga kelgan. M.lar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, do’stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida rangbarang M.lar yaratilgan. M. uchun mazmun va shak- lning dialektik birligi, ko’p hollarda qofiyadoshlik, ba’zan ko’p ma’nolilik, majoziy ma’nolarga boylik kabi Xu- susiyatlar xarakterli. M.da antiteza hodisasi ko’p uchraydi (mas, “kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l” va b.). Turkiy xalqlarning M.laridan na- munalar dastlab M. Koshg’ariyning “De- Vonu lug’otit turk” asarida keltirilgan. Bu M.larning bir qanchasi hozir xam o’zbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi. Mas, M. Koshg’ariy asarida “Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tash- tin”; “odam olasi ichida, mol olasi ta- shida” kabi. M. ba’zan Mae al, Zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli so’z, tanbeh, mashoyix- lar so’zi, hikmatli maqol, donishmand- lar so’zi, otalar so’zi kabi nomlar b-n ham yuritiladi. M.larning ijtimoiysi- yosiy va tarbiyaviy ahami-yati g’oyat katta. Matalyaa narsa tasviri, uning xarakte- RISTIKASI beriladi, M.da esa to’la tugal- langan fikr-xulosa ifodalanadi. Ad.: Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh., Ma’nolar maxzani, T., 2001.