Maqom raqsi

Maqom raqsi — an’anaviy raqs turkumi. O’tmishdagi o’n ikki maqom, 18-a.da shakllangan Buxoro Shashmaqomi, Farg’ona—Toshkent va xo- razm maqomlarining cholg’u kuylari va xonandalar tomonidan kuylanadigan qismlarining ohanglari va zarblariga mos ijro etiladigan raqslar M.r. deb atalgan. Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonligida bunday raqslar asosida o’ziga xos mumtoz turkumlar hosil bo’lgan. Bu- xoro va Xorazmda turkum “maqom raqsi” (yoki Ufori) deb, Farg’onada “katta o’yin” deb atalgan. M.r. taraqqiyoti davomi- da tana, qo’l, oyoq, bosh qarakatlarining butun bir tizimi kashf etilgan bo’lib, ular maxsus maqom ohanglari va, ayniqsa, usullari asosida ijro etilgan “Ufori” deb atalgan maxsus raqs usullari bo’lgan. Raqs usullari va harakatlari g’olib, usulchi deb yuritilgan xalq muallimlari va baletmeysterlari tomonidan bo’lg’usi raqqos va raqqosalarga muay-Yan uslub asosida olib boriluvchi mash-g’ulotlar orqali qunt b-n o’rgatilgan. M.r. 20-a. da zamonaviy sahnalarga chiqdi. Profes- sional va xalq ansambllari repertuari- dagi “gul uyin”, “Tanavor”. “Jozoir”, “Munojot” singari raqslar, qayroq va zanglar b-n ijro etiladigan o’yinlar shular jumlasidandir. Usta Olim Komi- lov va Tamaraxonim tomonidan tartibga solingan, milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida o’qitilayotgan “doyra darsi”da Farg’ona M.r. harakatlari va usullari jamlangan. Ad.: Avdeeva L., O’zbek milliy raqs tarixidan, T., 2001. Muhsin Qodirov.