Melngaylis Emilis
Melngaylis Emilis [1874.3(15).2, hoz. Riga tumani — 1954.20.12, Riga] — latish kompozitori, dirijyor va fol-klorshunos. Zamonaviy milliy musiqa yirik namoyandasi. Lat- viya xalq artisti (1945). Peterburg kon- servatoriyani tugatgan (1901). 1901-06 y.larda musiqa jurnalisti, 1906-18 y.lar Toshkentda yashab, chet tillardan dare bergan. Rigadagi qo’shiq bayrami (1911 — 13), Latviya qo’shiq bayramlari (1926-38)ning tashkilotchisi va bosh dirijyori, Latviya kompozitorlar uyush- masi asoschilaridan (1923) va boshqaruvi raisi (1944-48), Latviya konservato- riyasi prof. (1944 y.dan). Latish xalq qo’shiqlarini yig’ib, ulardan 4500 tasi- ni nashr etgan (“latish musiqiy fol- klori materiallari”, 1-3 j., 1951— 53), ko’plarini zamonaviy polifoniya vo- sitalaridan foydalanib, xor uchun o’ziga xos uslubda qayta ishlagan.