MIZROB MASXARA
MIZROB MASXARA (1848-1918, Shahrisabz tumani Vordon qishlog’i) — o’zbek an’anaviy teatrining atoqli na- moyandasi. Boboyor masxarabozga ergash- gan. 1878 y.da o’z to’dasini tuzgan. To’dada Muhammad Diyor, Muhammad Nazar, Buta daroz, Turdiali masxarabozlar, mav- loncha, Muhammadali degan raqqoslar, Avazmurod (doirachi), Ergash surnaychi, Ro’zi karnaychi kabi mashshoqlar uyush- gan. M.m. usta badihago’y bo’lib, ko’plab og’zaki komediyalar, muqallidlar yarat- gan. “Xirmon ko’tarish” komediyasi shu jumladandir. Unda dehqon undirgan hosilning amaldorlar tomonidan talon- toroj qilinishi t-ragikomediya vosita – larida fosh qilinadi. Eshoni rais (shu nomli asar), qashshoq dehqon (“xirmon ko’tarish”), sartarosh (shu nomli asar), aqlli xizmatkor (“navcha va og’olik”) va b. rollari b-n tanilgan. Shuning- dek, kuldiruvchi, ba’zan yig’latuvchi hajviy ashula va o’yinlari ham mashhur. Qahramonlari xulq-atvorini bo’rttirma so’z va harakatlar vositasida aks ettirib, hayotiy tiplar yaratish, ba’zi o’rinlarda psixologik his-tuyg’ularni ishga so- lish M.m. ijodiga xosdir. Berdiyor Di- Yorov (1884-1968), Tursunbobo Xoliqov (1893-1966) kabi masxarabozlar M.m. an’analarini davom ettirdilar. Muhsin Qodirov.