Me’da shirasi

Me’da shirasi — me’da (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar (asosan, pepsin va b.) bor. Odam M. sh.dagi xlorid kislota kon- tsentrasiyasi 0,4—0,5% ga teng. Xlorid kislota ovqatni o’zlashtirishda muhim rol o’ynaydi. U ovqat luqmalarini na- mlab yumshatadi, M. sh.ning fermentla- rini faollashtiradi, mikroorganizm- larni o’ldiradi, me’da osti bezining fermentlar ishlab chiqarishini kuchay- tiradi, ovqat hazm qilish gormonlari- ning hosil bo’lishiga yordam beradi. M. sh.dagi xlorid kislota miqsori “kis- lotalilik” degan tushuncha b-n yuriti- ladi. Kislotalilik hamma vaqt bir xil bo’lmaydi, u shira ajralishining tez- ligiga, ishqoriy reak-tsiyaga ega bo’lgan me’da shillig’ining neytrallash ta’si- riga bog’liq; ovqat hazm kilish siste- masi a’zolarining kasalliklarida ham kislotalilik o’zgaradi. Ma’lumki, me’- da bezi hujayralari asosiy, qoplovchi va qo’shimcha hujayralarga bo’linadi, ularning har qaysi guruhi shiraning ma’lum bir tarkibiy qismini ishlab chiqaradi. Qo’shimcha xujayralar M. sh.ni qovushqoq qiluvchi shilliq ajratadi, ana shu shilliq xlorid kislotani neytral- laydi va M. sh.ning kislotaliligini kamaytiradi, shilliq pardani ta’sir- lardan saklaydi va me’daga tushgan oziq mahsulotlarni o’zlashtirishda ishtirok etadi. M. sh. tarkibida fermentlar, shilliq va xlorid kislotadan tashqari, bir qator organik va anorganik modda- lar, shuningdek, ingichka ichakda vitamin V|2 ning so’rilishini ta’minlaydigan Kasl faktori deb ataluvchi maxsus modda bo’ladi; u ko’mikda qizil qon tanachala- ri (eritrositlar)ning normal etilishi uchun zarur. Me’da, ichak, jigar, o’t pufa- gi hamda qon kasalliklarida, shuning- dek, ruhiy hayajonlanish va qayg’u ta’si- rida ham M. sh.ning miqpori va tarkibi o’zgarishi mumkin. M. sh.ni zond b-n olib tekshirish diagnostik ahamiyatga ega.