Mechnikov Ilya Ilich
Mechnikov Ilya Ilich (1845.3.5, Xarkov viloyati — 1916.2.7, Parij) — rus biologi, qiyosiy patologiya, Eva-Lyu- tsion embriologiya va immunologiya asos- chilaridan. Peterburg FA muxbir a’zosi (1883), faxriy a’zosi (1902). M. L. Pa- ster vafotidan so’ng Parijdagi Paster in-tini boshqargan(1888). N. F. Gamaleya b-n hamkorlikda Rossiyada dastlabki bakteriologiya st-yasini tashkil etgan (1886) va hamkasblari b-n birga sara-mas, qaytalama terlama, tovuq vabosi va qo’ylarning quydirgi kasalliklari usti- da izlanishlar olib bordi. “Yuqumli ka- salliklarga bardoshlilik” asari (1901) b-n immunitetnyant fagositar nazari- yasini yaratdi. Ko’p hujayrali organizm- larning kelib chiqish nazariyasini ish- lab chiqqan. U dengiz yulduzi lichinkala- ri yot omillarni o’rab olib yutib yubori- shini kuzatadi va fagositoz hodisasini kashf etdi (1883). M. hayotining keying davrida qarish va o’lim muammolarini o’rgangan. “Ortobioz” yoki “to’g’ri yashash”, shuningdek, “odam tabiati to’g’risida etyudlar” kitobida soglom va uzoq yashash uchun sutqatiq mahsulotlarini ko’p ichib turish lozimligini uqtirgan va qatiq tayyorlashning (“bolgar tayoqchalari” yor- damida) yangi usulini yaratdi. Asarlari qarilik muammolariga bagishlangan. No- bel mukofoti laureati (1908, P. Erlix b-n hamkorlikda).