Mesh, meshk
Mesh, meshk — oshlangan teridan ti- kilgan ogzi tor qop, sanoch. M. qadimdan ma’lum, asosan, suyuq narsalar (suv, sut, shinni, qimiz va b.)ni gashish va sa- klash, chalop tayyorlash va b. maqsadlarda ishlatilgan. Sharq mamlakatlari, O’rta Osiyo va Sibir xalqlari o’rtasida keng tarqalgan. Qadimdan Sharq, xususan, turk-mo’g’ul xalqlari qo’shinida harbiy harakatlar chog’ida, chunonchi, teran Daryo- lardan kechib o’tishda, sol yasashda unumli foydalanilgan. O’tmishda M.da suv man- balari (hovuz, ariq, quduq va b.)dan xo- nadonlarga, guzarlarga, choyxona, karvon- saroylarga suv tashib berib tirikchilik qiladigan kishi meshkob yoki meshkobchi deb atalgan.