Menam-Chao-Praya

Menam-Chao-Praya, menam, cha- upxraya — Hindiston ya.o.dagi dare, Tailandtsa eng katta. Uz. 1200 km (eng katta irmog’i — Ping daryosi b-n 1500 km), havzasining mayd. 150 ming km2. Irmoklari mamlakat shim.dagi Kxun- Txan tizmasidan boshlanadi. Menam Pa- ettekisligidan o’tib, Jan. Xitoy den-gizining Siyom qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. Musson yomg’irlaridan suv oladi. Yoz oylarida to’lib oqadi. Quyi oqimida o’rtacha suv sarfi 2700 m3/ sek. Daryodan sug’orishda, yuqori qismida yog’och oqizishda foydalaniladi. Quyilish joyidan 400 km, suvi ko’payganda 700 km masofada (Uttaradit sh.gacha) kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. M. deltasida Bangkok va ayut-txaya sh.lari joylashgan.