Merime (Merimee) Prosper

Merime (Merimee) Prosper (1803.28.9, Parij — 1870.23.9, Kann) — frantsuz yozuvchisi. Novella janrining mohir ustasi. M.ning Ispaniya mavzu- larida yozilgan “Klara Gasul te-atri” (1825) pesalar to’plami romantik ruh b-n yo’g’rilgan. “Jakeriya” (1828) dra- masi va “Karl IX saltanati yilnoma- si” (1829) romani tarixiy mavzularga bag’ishlangan. “Mozaika” (1833) to’plami hamda “Karmen” (1845) novellasida xalq qahramonlarining obrazlari yaratil- gan. Shuningdek, uning turli xalqdar vakillari obrazlari tasvirlangan “Mahshargoh ruhlari” qissasi, “Ma- Teo Falkone”, “Kolomba”, “Tamango”, “Lokis” kabi novellalari ham mashhur. “Karl IX saltanati yilnomasi” asari o’zbek tiliga tarjima qilingan (1986).