Metateza
Metateza (Yun. metathesis — o’rnini almashtirish) — so’zdagi tovush- lar (asosan, undoshlar)ning o’zaro o’rin almashtirish; tovush o’zgarishlarishtt bir turi. Mac, tuproq — turpoq, to’g’ramoq — to’rg’amoq, ahvol — avhol va h.k. M. og’zaki tilga, shevalarga hamda bolalar nutqiga xos hodisa bo’lib, ba’- zan bunday o’zgarishlar adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti natijasida yoki boshqa tillardan so’z o’zlashtirish ja- rayonida tilda mustahkam o’rin olib, adabiy me’yorga aylanadi: yomg’ir<yog’mir, Daryo<dayro; qulf<Arab. “qufl”; tarelka<nem. “Teller” kabi. Yondosh, yonma-yon turgan tovushlar, shuningdek, yondosh bo’lmagan, bir-biridan uzoqroq bo’lgan tovushlar M.si farqlanadi. Mac, bo’yra—bo’ryo, aylanmoq — aynalmoq kabi. M., ko’pincha, yosh bolalar tomoni- dan yangi so’zlarni o’zlashtirishda, talaf- fuz qilishda hamda boshqa tillarda so’z qabul qilish jarayonida talaffuz uchun noqulay tovush birikmalaridan qochishga intilish natijasida paydo bo’ladi.