METEOROLOGIK TERMOMETR
METEOROLOGIK TERMOMETR – havo va tuproq t-rasini o’lchashda ishla- tiladigan termometr. M.t. ishlash tarzi- ga ko’ra, suyuqlikli (simobli, spirt li), gazli (mas, vodorod), deformasiya, elektr xillarga bo’linadi. S u yu q likli M.t.da traning o’zgarishi ma’lum miqdordagi suyuqlik hajminingo’zgarishiga bog’liq. Gazli M.t.da t-ra ma’lum hajmdagi ki- myoviy toza gaz bosimi b-n o’lchanadi. Deformasiya M. t.da egiluvchan PLA- stinka (bimetall plastinka, Burdon nayi)dan iborat bo’lib, t-ra ta’siri- da egiladi. Elektr M. t. t-ra ta’siri- da termo-elementlarda elektr harakat kuchi yoki o’tkazgichlar elektr qarshiligi (qarshilik termometri, termistorlar) ning o’zgarishiga asoslangan. Meteorolo- giyada qavo va tuproq t-rasini o’lchashda, asosan, simobli va spirtli termo-met- rlar; termometr etaloni sifatida vo- dorodli termometr; termograflarning qabul qilgichi sifatida deformasiya termometri qo’llaniladi. Elektr termo- metrlari, asosan, tadqiqot ishlarida va tuproq t-rasini o’lchashda qo’llaniladi.