Kanalizasiya
Kanalizasiya — korxonalar, jamoat va turar joy binolari hamda aholi yashaydigan joylardan chiqadigan oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan muhandislik inshootlari va jihozlari majmui, shuningdek, bu suvlardan foy- dalanish yoki suv havzalariga oqizishdan oldin tozalash va zararsizlantirish tadbirlari. K. tizimining asosiy qismlari: kanalizasiya tarmog’i, nasos st-yasi, tozalash inshootlari va oqova suvlar qo’shimcha tozalanadigan inshoot- lar. Kanalizasiya t a r m o G’i korxona va turar joylardan okrva suvlarni olib ketadigan quvurlar tarmog’i; u ichki va tashqi K. tarmoqlariga bo’linadi. Ichki K. tarmog’idan maishiy va i.ch. okrva suv- larini bino yoki inshootlar tashkarisiga chiqarib tashlashda foydalaniladi. Unga oqova suvlarni qabul qiladigan asbo- blar (sanitariya asboblari), stoyaklar, binodan chiqarib yuborish qurilmalari kiradi. Ba’zi korxonalarda okrva suv- larni oldindan tozalaydigan uskunalar ham o’rnatiladi. Tashqi K. tarmog’i turar joy binolari, sanoat ob’ektlaridan chiqadigan iflos va yog’in suvlarni qabul qilish hamda oqizib yuborish uchun xiz- mat qiladi. U xovli ichi, kvartal ichi va ko’cha tarmoqlariga bo’linadi. Bir necha K. liniyalaridan kelgan suvlar kollek- torlarga yig’iladi, u erdan umumiy K. tarmog’iga qo’shilib ketadi. K. tarmog’i trassasi iloji boricha okrva suvlar o’z-o’zidan oqadigan qilib yotqiziladi. Agar buning iloji bo’lmasa, nasos stantsiyasi o’rnatiladi. U oqova suvlar- ni bosimli quvurlar bo’ylab haydaydi. O’z-o’zidan oqadigan tarmoqlarga sopol, asbest-tsement va plastmassa quvurlar, bosimli tarmoqlarga cho’yan, temir- beton, asbest-tsement va plastmassa quvurlar ishlatiladi va ular erning muzlash chuqurligini hisobga olgan holda imkoni boricha yuza yotqiziladi. K. tarmog’ini tekshirib turish va tozalash uchun trassata K. quduklari quriladi. Birlashgan va alohida K. tizimlari ham mavjud. Birlashgan K. tizimida barcha suv- lar bitta quvur orqali ketadi. Alohida K. tizimida uy-joylardan chiqadigan yoki okrva suvlar, yog’in suvlari uchun alohida- alohida K. tarmoqlari quriladi. Za- monaviy kommunal qurilishda, asosan, aloxdtsa K. tizimi qo’llaniladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar to- zalash inshootlarida, kimyoviy, biolo- gik va mexanik usullar b-n tozalangan- dan so’nggina umumiy K.ga qo’shiladi. Markazlashtirilgan K. bo’lmagan joy- larda har qaysi uy (yoki bir necha uy) uchun mahalliy K. tizimi quriladi. K. tizimi qadimda Misr, Hindiston, Rim, Yunonistonda qurilgan. Yunoni- ston va Rimda ancha mukammal K.lar bo’lgan. Ilgari Uzbekistan hududida ham K.lar yotqizilgani ma’lum (q. Af- rosiyob). U paytlarda K.da, asosan, sopol quvurlardan foydalanishgan. Zamonaviy K. tizimi 19-a.dan boshlab qurila bosh- langan. K. yashash va ishlab chiqarish sha- roitlarini yaxshilashga, suv resurslari- dan samarali foydalanishga hamda tabi- atni muhofaza qilishga imkon beradi va turar joylarni obodonlashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.