Ko’prik

Ko’prik — 1) to’siq (Daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yo’l o’tkazish uchun quriladigan muhandislik inshoo- ti. Vazifasiga ko’ra, K.ning avtomobil, t. y. va piyodalarga mo’ljallangan K., yo’l o’tkazgich; joylashish o’rniga ko’ra, shahar K.lari va shahardan tashqaridagi yo’llarga quriladigan; birlashtiril- gan (avtomobil va t. y.lar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ish- latiladigan materialiga ko’ra, yog’och, tosh, metall, temir-beton K.ga, prolyot tizim- lariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga ko’ra, bir prolyotli va ko’p prolyotli; yuk ko’taruvchi konstruktsiyasiga nisbatan joylashi- shiga ko’ra, ustidan, pastdan, o’rtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va o’zlukli bo’lishiga qarab, K. doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, ko’tariladigan, so’zadigan) xillarga; yig’ma va qismlarga ajraladigan xil- larga bo’linadi. K.-kanal va K.-uylar ham bo’ladi. Bo’lar ko’prik vazifasini o’tash b-n birga uy va kanal vazifasini ham o’taydi. Ilgari K.lar, ko’pincha, yog’och va xarsang toshlardan qurilgan. Qad. yog’och K.lar saqlanib qolmagan. O’rta asr- larda arkli xarsang K.lar (Rim, ispan, Xitoyda) ko’proq qurilgan. O’rta Osiyo va Rossiyada yog’och va tosh K.lar bo’lgan. Katta daryolardan o’tishda so’zuvchi K.dan foydalanilgan. Cho’yan K.lar Angliya- da (1779), so’ngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) K. Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-a. bosh- lariga kelib K. qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalani- la boshlandi, chunki pishiq, arzon, uni yig’ish oson va b. Uncha uzun bo’lmagan K. qurishda temir-beton prolyot tayanchlarga butunicha kranlar yordamida qo’yiladi. Undan ravoqli, balkali va ramali K.lar qurila boshladi. Hoz. zamon ravoqli te- Mir-beton K.larning prolyotlari o’z. 300 m ga etadi. O’zbekistonda Chirchiq, sir-Daryo va Amudaryodan o’tkazilgan K.lar, asosan temir-betondan arkli va rama- li qilib qurilgan. K., asosan, tayanch va prolyotdan iborat bo’ladi. Tayanchlar qirg’oq va oraliq tayanchlarga bo’linadi. Temir-beton va xarsang toshdan yasalgan K.da, ko’pincha, prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani hosil qiladi. Aralash kon- struktsiyalar (mas, temir-betonli po’lat balkalar yoki po’lat shprengelli temir-be- ton balkalar va b.) keng qo’llanilmoqda. Hoz. zamon K. qurilishida yig’ma K. kon- struktsiyalaridan, yig’ma elementlarini unifikasiyalash va bir xillashtirish usullaridan, K. konstruktiv tizim- larini rivojlantirish, prolyotlarni o’zaytirish, mustahkamligi yuqori bo’lgan po’lat, engil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar o’rnida pay- vand birikmalardan, tutash temir-beton K. qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlar- dan foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa. G’ildiraklarga ta’sir qiladigan kuchlar- ni rama yoki ko’zovga o’zatadi. O’rnatilgan g’ildiraqlarning vazifasiga qarab, etak- chi, boshqariladigan va murakkab (etakchi va ayni vaqtda boshqariladigan) K.lar bo’ladi. Bundan tashqari, oldingi, ke- tingi va o’rta (uch o’qli avtomobillarda) K.lar bor.