Ko’mir sanoati

Ko’mir sanoati — yoqilg’i sano- atining asosiy tarmoqlaridan biri. K.s ko’mirni qazib olish (ayrim holdarda boyitish, briketlash) va iste’molchilar- ga etkazib berish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Kumir qazib olishning eng Afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, ka- rerlardan qazib olish hisoblanadi. Ku- Mir konlari chuqurda joylashgan bo’lsa, u yopiq (shaxta) usulida qazib olinadi. Hoz. paytda ko’mirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qo’llanilmoqsa. Ko’p holdarda ko’mir er tagida to’g’ridan- to’g’ri gazga aylantirish yo’li b-n iste’- molchilarga bevosita quvurlar orqali uzatiladi. Qadim zamonlarda ko’mir oddiy usul- da (Xitoy, Gresiya) qazib olingan va yoqilg’i sifatida foydalanilgan. Keng miqyosda foydalanish va K.s.ning tarmoq sifatida vujudga kelishi 18-a. ning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Bu paytda qazib olingan ko’mirdan Angliyada cho’yan eri- tishda foydalana boshlandi. 19-a. dan boshlab ko’mir transport sohasida keng ko’lamda ishlatila boshlandi. 20-a. bosh-larida ko’mir insoniyatning yoqilg’iga bo’lgan ehtiyojining 70% ini qondirgan bo’lsa, hoz. vaqtda ushbu ko’rsatkich 20— 25% dan oshmaydi. Uning o’rnini tabi- iy gaz va neft eg’allamoqda. Jahondagi 60 mamlakatda ko’mir qazib chiqariladi (q. Kumir konlari). Ko’mirning 90% qazib olinadigan davlatda ishlatila- Di, uning faqat 10% eksport qilinadi. Ko’p miqdorda ko’mir eksport qiladigan davlatlar qatoriga AQSh, Avstraliya, JAR, Rossiya, Qozog’iston va b. kiradi. Dunyoda jami qazib olinayotgan 5 mlrd. T ko’mirning 1 mlrd. t dan ortig’i qo’ng’ir ko’mirdir. Qo’ng’ir ko’mirning yirik kon- lari Rossiya, Qozog’iston, Polsha, AQSh (g’arbiy qismida), Xitoy va b. mamlakat- larda joylashgan. Ulkan qo’ng’ir ko’mir konlar: Kansk — Achinsk, Moskva osto- nasi, Chelyabinsk (Rossiya), Ekibas-tuz (Qozog’iston), Yuqori Sileziya (Polsha), Leypsig (Germaniya) va b. Bu konlarning har birida 100 mlrd. dan to bir necha trln. tonnagacha ko’mir zahiralari mav- jud. K.s.ga xos muhim xususiyatlardan biri uning metallurgiya va ogir mashi- nasozlik sanoati tarmoqlari b-n bir hududda joylashishidir. Ana shunday ko’mir-metallurgiya-mashinasozlik Mar- kazlari qatoriga Appalachi (AQSh), Rur (Germaniya), Donbass (Ukraina), Ko’zbass (Rossiya), Shim.-Sharqiy Xitoy va b. ki- radi. O’rta Osiyodagi ko’mir konlarini o’zlashtirish 19-a.da (1882 y.dan boshlab) Belgiya, Frantsiya va Angliyaning xusu- siy kompaniyalari tomonidan boshlan- gan. Bu erdarda konlarini ochish ishlari 1882 y.da Farg’ona vodiysida boshlandi. Sulukta, Qizilqiya, Sho’rob ko’mir konla- ri O’rta Osiyodagi to’ng’ich ko’mir konla- ridir. Umuman, O’zbekistonda ko’mirni sanoat usulida qazib olish 1930-y.lar oxiridan boshlangan. Bu paytda Angren ko’mir koni, Sharg’un ko’mir koni, Boysun toshko’mir koni ochilgan. 1990-y.dan keyingi davrda ko’mir qazib chiqarish hajmi respublikada ke- skin qisqarib, 2001 y.ga kelib 2,6 mln. tonvani tashkil qildi. O’zbekiston Re- spublikasi yoqilg’i balansiru ko’mir hissasi 1,5%ni tashkil etadi (2000). Re- spublikada ko’mir qazib olish texnolo- giyasini yanada zamonaviylashtirish da- sturi amalga oshirilmokda (q. “Ko’mir” aktsiyadorlik birlashmasi). Ad.: Tomalak S. M., Ugol O’zbekistova, T., 2001. Nuriddin Musaev.