Kungaboqar

Kungaboqar (Helianthus annuus L.) — murakkabguldoshlar oilasiga man- sub bir yillik o’simlik, asosiy moyli ekinlardan biri. Vatani — Shim. Ame- Rika. Yovvoyi holda o’sadigan K.ni ispan- lar Evropaga 1510 y. da keltirganlar. Dastlab manzarali o’simlik sifatida ekilgan. Uzoq tanlash yo’li b-n madaniy K. (dastlab pistasi chaqiladigan, so’ngra moy olinadigan xillari) yaratilgan. Ros- siyaga 18-a.da Gollandiyadan keltirilgan va 19-a. o’rtalarida katta maydonlarga ekilgan, urug’idan moy olingan. Moy olinadigan K. Rossiyadan AQSh va kana- daga tarqalgan. Er yuzida K. ekiladigan maydonlar 22,84 mln. ga, yalpi hosili 28,5 mln. t, o’rtacha hosildorlik 12,5 ts/ ga. Rossiya (3,9 mln. ga), Argentiva (3,8 mln.ga), Ukraina (2,7 mln.ga), Hindiston (2,2 mln.ga), AQSh (1,3 mln.ga), Ruminiya (1 mln.ga), GFR (0,8 mln.ga), Turkiya (0,5 mln.ga), O’zbekiston (4 ming ga)da ekila- Di (1999). Ildizi o’q ildiz, yaxshi rivojlangan, poyasi tik o’sadi, dag’al, yuqori qismi shoxlanadi, bo’yi 4 m ga boradi. Bargi od- diy, yirik, ketma-ket joylashgan, dag’al tuklar b-n qoplangan. To’pguli savatcha (diam. 35-40 sm). Savatcha markazidagi gullar vaysimon, ikki jinsli, chetda- gylari qizg’ish-sariq, tilsimon. Chetdan changlanadi. Mevasi — lista, 4 qirrali, rangi oq, kulrang, 1000 ta urug’i vazni 100— 150 g. K. urug’ining kattaligi- ga, moyining miqdoriga va mag’zining chiqishiga qarab 3 guruhga bo’linadi: Moyli K. — pistasi mayda, 1000 do- nasining vazni 35-80 g, mag’zi tarki- bida 53— 63% moy bor; chaqiladigan K. — pistasi yirik, 1000 donasining vazni 100-170 g, mag’zining tarkibida 20— 35% moy bo’ladi (poyasidan silos ham bostiriladi); oraliq K, — hamma ko’rsatkichlari o’rtacha. K. urug’i 4-6°da 10-15 kunda unib chiqadi. Maysasi — 6° sovuqqa bardosh- li (qisqa qorasovuqlarga chidaydi). Issiqlikka talabchan, yorug’sevar, qisqa kunli, qurg’oqchilikka chidamli, namse- var o’simlik. Soya joyda yaxshi rivojlan- maydi. O’suv davri 80-140 kun. Ozuqaga talabchan, 1 t pista va poyabarg hosil qilishi uchun 50-60 kg azot, 20-25 g fosfor, 120-160 kg kaliy talab qiladi. K.dan, asosan, ovqatga ishlatiladi- gan kungaboqar moyi olinadi, silos- bop navlaridan silos bostiriladi, chiqindilari (shrot va kunjarasi) chorva mollariga yuqori sifatli ozuqa. K. erta bahorda tuproq harorati 8— 12° etganda va takroriy ekin sifatida ko’zgi bug’doy va arpadan keyin ekila- Di. Ekishdan oldin er tekislanadi. Er haydashdan oldin go’ng (20 t/ga), azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar solinadi. Ekish uchun r-nlashtirilgan navlar urug’i keng qatorlab va punktir usulda 5-8 sm chuqurlikda ekiladi. Sug’oriladigan maydonlarda ko’chat qalinligi 60 ming tup/ga bo’lishi lo-zim (1 ga maydonga pi- sta uchun 5-8 kg, silos uchun 35-40 kg urug’lik sarflanadi). K. urug’i ekishdan oldin zarar-kuvanda va kasalliklarga qarshi dorilanadi. Ekishda makkajo’xori ekiladigan seyalkalardan foydalanila- Di. O’suv davrida qator orasi 2-3 Mar-ta kultivasiya qilinadi, 5-6 marta Su-g’oriladi. Gullash davrida ekinzorda asalari uyalari qo’yilsa K. gullari yaxshi changlanadi. Gullash davrida ko’p suv ta- lab qiladi. Sug’orish me’yori 600— 800 m3/ga. K.ning etilganligini savatining sariq-jigarrangga kirganligiga qarab aniqlash mumkin. Hosil don kombaynla- rida maxsus moslama b-n o’rib olinadi. Navlari: O’zbekistonda Vni-IMK 8931, Chkalov giganti navlari ekiladi. Zararkuvandalari: simqurtlar, soxta simqurtlar, kungaboqar ka-palagi, kemi- ruvchi tunlamalar va b. Kasall i kl ari : oq chirish, kulrang chirish va b., begona o’tlardan shumg’iya juda zararlidir. Ad.: Vasilev D. S, Podsolnech- nik, M., 1990; Atabae va H. va b., O’simlikshunoslik, T., 2000. Halima Otaboeva.