Koksit
Koksit (lot. soxa — son) — chanoqson bo’g’imining yallig’lanishi. K.ga ko’pgina infektsion kasalliklar (angi-na, gripp, terlamalar, sil, brusellyoz va b.), shuningdek, yiringli infektsiyalar sabab bo’ladi. Organizmning zaiflashu- VI, bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, skarlatina, ko’kyo’tal) ham ba’- zi hollarda K.ga olib kelishi mumkin. Sil koksiti va silga aloqasi yo’q K. farq qilinadi. Sil koksiti, odatda, 5-10 yashar bo- lalarda uchraydi. Kasallik asta-sekin boshlanadi. Dastlab sil intoksikasi- yasi yuzaga chiqadi: bolaning ishtahasi yo’qoladi, bo’shashadi, injiqlanadi, oza boshlaydi, t-rasi ko’tariladi, uzoq yur- ganda oqsaydi, tizzasi og’riydi, lekin bo’g’im harakati cheklanmaydi. Bola ke- chasi uyqusida bezovtalanadi, og’riyotgan tomonini avaylab, sog’yonboshi b-n yota- Di. Oqsoklanish va og’riq borgan sari zo’rayadi. Chanoq-son bo’g’imi sohasida og’riq kuchli bo’ladi, bemor oyog’ini bosa olmay qoladi. Oyoq ingichka tor- tib, muskullari atrofiyalanadi, shakli o’zgaradi, kasallangan tomondagi chanoq yuqoriga ko’tarilib. oldinga egiladi; umurtqa pog’onasi yon tomonga (skolioz) yoki oldiga egilishi (lordoz) mumkin. Bo’g’im xaltachasiga yiring to’planib, yoriladi. Bo’g’im va suyak chiriydi. Nati- jada son suyagi bo’g’imdan chiqadi, artroz rivojlanadi. Gripp, angina, skarlatina va b. in- fektsion kasalliklar, sepsis, turli shikastlanishlar silga aloqasi yo’q K.ga sabab bo’lishi mumkin. Bu barcha yoshdagi kishilarda kuzatiladi. Kasallik mud- dati uning kechishiga, organizmning qarshilik kuchiga va bemorning yoshiga bog’liq. O’z vaqtida to’g’ri davo qilinsa, kasallik uzoq cho’zilmaydi, asoratlar- ning oldi olinadi, eng muhimi bo’g’im harakati saqlab qolinadi. D a v o s i. Organizmning quvvatga kiritadigan dorilar buyuriladi, silga qarshi davo qilinadi, kasallangan bo’g’imning qimirlamay to’g’ri turi- shiga qaratilgan choralar (gips bog’lov) ko’riladi. Zarur bo’lsa, jarrohlik usuli qo’llanildadi. Maxsus kurortlarda davo- lanish tavsiya etiladi.