Klassisizm
Klassisizm (lot. classicus — na- munaviy) — antik davrda o’z rivojining yuqori cho’qqisiga erishgan qad. Yunon va Rim san’ati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va san’atdagi uslub, yo’nalish. K. tarafdorlari 17-19-a.larda Fran- tsiyada, keyinroq Evropaning boshqa mamlakatlarida Uyg’onish davri an’ana- larini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va e’zozlash), o’z zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), Tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali o’z davrlari- ning etik — axloqiy va siyosiy muam- molarini ko’tarishta harakat qildilar. K.da ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, K. rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-a. Frantsiyada shakllangan K. o’zida AB- solyutizm g’oyalarini ifodalagan bo’lsa, 18-a.ga kelib K. yangi dunyoviy ideallar, ma’rifatparvarlik g’oyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda ri- vojlandi. K.ga xos belgilar dastlab ita- liya nafis san’atida (16-a.ning 2-yarmi) paydo bo’lgan (A. Palladio, J. Vinola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va ama- liy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h.k.), 17-a. ga kelib Frantsiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda K. ildam- lab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-a.ga ke- lib umumevropa uslubiga aylandi. K. estetikasi rasionalizm tamoy- illari asosiga qurilgan bo’lib, badiiy asarga aql va mantiq natijasi sifatida qaraladi. K. san’ati “oliy” (tarixiy, mifologik, diniy) va “kichik”, “past” (manzara, portret, natyurmort janr- lari)ga ajratildi. K. nazariyasining shakllanishida Parijda tashkil topgan Qirollik akademiyalari — rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda me’morlik (1671) faoliyati muhim o’rin egalladi. K. tamoyillari nafis san’atda, me’mor- likda shaqllarning geometrik aniqligi va ritmik mantiqiy rejalashtirilishi va antik me’morlik shaqllaridan keng ko’lamda foydalanishda yorqin namoyon bo’ldi. Adabiyotda K. adabiyotni ijtimoiy hayot taraqqiyoti talablari b-n uzviy aloqada bulishini taqozo etdi va shu b-n adabiyot hamda san’at (ayniqsa teatr) ning o’z zamonasining ilg’or pozisiyasi- da turib rivojlanishiga xizmat qildi. Ammo K.ning dogmata aylangan ojiz to- monlari adabiyot taraqqiyotiga ma’lum darajada to’sqinlik qildi. K. hayotni iz- chil haqqoniyat b-n emas, balki “tozalab”, ma’lum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashni talab etdi. Bu b-n adabiyotda izchil realizmning pay- do bo’lishiga, ijodning keng va erkin ri- vojlanishiga sabab bo’ldi. K.da adabiy janrlar “oliy” va “past” tarzda tasniflanib, ular orasiga qat’iy chegara ham qo’yilgan. “Oliy” janrga tragediya, epopeya va qasida kiritilgan, ularda davlat xayoti, tarixiy voqea- hodisalar, miflar tasvirlangan va ular- ning asosiy qahramonlari qumondonlar, davlat boshliqlari, mifologik perso- najlar, din peshvolari bo’lgan. K.ning “past” janriga esa komediya, satira va masal kiritilgan. Bo’larda urtahol in- sonlarning kundalik hayotidan olingan voqea-hodisalar tasvirlanishi ko’zda tutilgan. Har bir janr orasida shu kabi aniq farklar bo’lgan. Yuksak va past, tragik va komik holatlar tasvirining aralashib ketishiga yo’l qo’yilmagan. K.da tragediya etakchi janr qisoblanadi. K.ning bu “oliy” janri frantsuz drama- turglari (P. Kornel, J. Rasin) ijodida yuksak darajaga kutarilgan bo’lsa, “past” janrlar sanalgan masal (J. Lafonten), satira (N. Bualo), komediya (Moler) ham o’zining oliy nuqtasiga kutaril- gan. K.ning estetik asoslari Bualoning “She’riy san’at” (1674) dostonida bayon etilgan. Mazkur yo’nalish Evropa mamlakatla- ri adabiyotiga ham kirib bordi. Angliya- da Aleksandr Pop (1688-1744), Jozef Addison (1672-1719), Italiyada Vatto- Rio Alferi (1749-1803), Germaniya- da I. V. Gyote (1749-1832), F. Shiller (1759-1805), Rossiyada A. P. Sumarokov (1717-77), ya. B. KNYAJNIN (1740-91) va b. ijodkorlarning asarlarida etakchi- lik qildi. 18-a. oxiri va 19-a. boshida K. Evropada tanaz-zulga uchradi. U hayot b-n aloqasini tobora yo’qotib, tor shart- lilik doirasida depsinib qoldi. Shun- dan so’ng 19-a.da adabiyotdagi K. o’rnini boshqa ijodiy metod va adabiy-estetik yo’nalishlar egalladi. K. jahon madani- yati tarixida insoniyatning ma’naviy- ma’rifiy tafakkuri va estetik didiga jiddiy ta’sir etadigan g’o’zal asarlarga asos bo’lgan metod sifatida qoldi. Musiqada K. uslubi 17-a.da paydo bo’lib, birinchi navbatda opera janrida o’z aksini topdi (Frantsiyada J. B. Lyul- li, Italiyada “Neapolitan opera MAK- tabi” vakillari). Unga xos estetik va ijodiy tamoyillar badiiy asarlardagi aniq mantiqiy g’oya, tugal va mukammal kompozision tuzilish, musiqa janrlari o’rtasidagi chegaralarning aniqligida namoyon bo’ladi. Shu b-n birga K.da ijo- diyotdagi aql va hissiyot hamda haqqoniyat va g’o’zallik asoslarining o’zaro muvoza- nati muhim o’rin tutadi. 18-a.da K. US- lubi Evropaning boshka mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Rossiya va b.)da ham tarkib topdi va o’z cho’qqisiga ko’tarildi (q. Vena klassik maktabi). Shu davr K. oqimi ma’rifatparvarlik g’oyalari b-n uzviy bog’liq holda rivojlanib, muay- Yan asarlarida izchil xalqchillik, hayotni ichki ziddiyatlarning dinamik rivoji orqali, to’laqonli aks ettirilishi b-n ajralib turdi (yana q. Simfonizm). Me’morlikda K. uslubida qurilgan me’moriy kompozisiyalarda me’morlik orderlari tizimi muhim rol o’ynadi. K. me’morlari ko’pincha order va ularning nisbatlari hamda shaqllarini antic davrdagiga xos ko’rinishda ifodalash- ga harakat qildilar. K. me’morligida shaqllar jiddiy va sipo, fazoviy ken- Glik echimining aniqligi hamda me’mor- likda ishlatilgan unsur (kolonna, pi- lyastr, Friz, karniz va b.)larning aniq, ritmga bo’ysunganligi, rang va shaql rit- Mining aniqligi b-n xarakterlanadi. K. uslubida qurilgan bino intererlari (xona, dalon, zal va b.) ham o’z badiiy echimi b-n ajralib turadi. Xonalarda qo’llanilgan rang, shaql va chiziqlar “aql b-n tartibga keltirilganligi” o’ziga xosdir. Sipo, jiddiy ishlangan bez- aklar qam undagi jiddiylik va vazmin- likka xalaqit bermaydi. K. me’morlari antik davr merosidan, uning me’morlik unsur va ohanglaridan keng foydalanish b-n birga ularning umumiy arxitekto- Nika qonunlari mohiyatini bilishga ham xarakat qiladilar. K. me’morligining asosiy uslubi bo’lgan order tizimi antik davr me’- morligi order tizimiga yaqin va shu b-n birga yangi davr ruhi b-n sug’orilganligi ko’zga tashlanib turadi. Bu xususiyat nis- BAT va shaqllarning o’zgarmagani holda birmuncha nafislashgani, bosiqligi hamda texnologiyasi (tosh, beton, temir va b.), ustun va to’sin yaratishda ishla- tilishi hamda K. binolarining inte- rerlari ham o’ziga xosdir. Ularda ish- latilgan shaql, ranglar mayin, fazoviy kenglik bo’linishlari aniq. Mahobatli moybo’yoq rassomligi ham K. intererla- rida keng ishlatilgan. Unda rassomlar istiqbolning illyuzion imkoniyatlari- dan unumli foydalanganlar. Bu rasmlar bino umumiy g’oyaviy-estetik mazmuniga hamohang bo’lib, K. me’morligiga xos ulug’vorlik va salobatlilik tomonla- rini yanada bo’rttirishga xizmat qildi. Shaharsozlik Uyg’onish davri va Barok- Koga xos xususiyatlarga tayangan holda rivojlanib shakllandi. “Ideal shahar” yo’riqnomasi ishlandi (Versal), 18-a. ning 2-yarmida planlashtirishning yangi uslubi shakllandi. Shahar qurilishida binolarni tabiat b-n uyg’unlashtirishni ta’minlash, keng ochiq maydonlar tash- kil etish, ularni kucha va Daryo (anhor) yoqalari bo’ylab qo’shib ishlash boshlandi. Shaqllarning maqsadga muvofiqligi, ixcham bezaklarning nozikligi, tabi- at b-n uyg’unligi 18-19-a. boshlarida “palladiochilar” ijodida o’z aksini topdi (shahar va shahardan tashqaridagi saroy-uylar va villalar). O’zbekistonda K. belgilari 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida me’morlik san’atida V. Geyntselman, A. Benua, G. Svarichevskiy qabilar ijodida (Sharq- Vizantiya, Rim-Vizantiya shaqllari) qo’llanildi. Bino kapitelida ioni orde- ri o’rnida uslublashtirilgan paxta bez- agi o’z ifodasini topdi. Ma’muriy bi- nolar bosh tarzini qator ustunli baland va hashamatli qilib barpo qilishda qad. mumtoz uslub qo’llanilib, milliy me’- morlik an’analari qo’shimcha qilingan. Tasviriy san’atda K. barokkoga, 18-a. dan esa rokoko san’atiga qarshi kurash- da rivojlandi. Tasvirlar uyg’un, jo- zibador, ulug’vor, tantanali bo’lishiga ahamiyat berilib, obrazlar hashamatli qiyofa va shaqllarda ifodalandi. Karti- nalarda voqea ishtirokchilari birinchi plandagilar b-n (sahnadagidek) yonma-yon ko’rsatildi. Frantsiyada K. 17-a. 1-yarmida to’la shakllandi (rassom N. Pussen va b.), keyin Evropa mamlakatlarida tarqaldi. 18-a. 2-yarmida, 19-a. boshlarida hukmron uslubga aylandi (Frantsiyada rassom J. David, Germaniyada rassomlardan A. va V. Tishbeynlar, A. Mengo, haykaltarosh I. Shadov, Italiyada xaykaltarosh A. Ka- Nova). 19-a. boshida AQSh va Lotin Ame- rikasida, Rossiyada 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida tarqaldi (hay-kaltarosh I. Prokofev, I. Martos, rassomlar A. Lo- Senko, A. Ivanov va b.). Haykaltaroshlik san’atida K. shaqllarning tugalligi, tinik, ishlan- ganligi, nursoya o’yinining nozikligi, chiziklarning musiqaviyligi va rit- mi b-n ajralib turadi. Harakatning ko’rsatilishi har bir shaql tugalli- gi va haykal holatidagi vazminlikni bo’zmaydi. Rangtasvir va grafikada ham K. o’z ko’rinishiga ega. Rangtasvirda shaqlning asosiy unsurlaridan chiziq va nursoya etakchi o’rinni egallaydi. K.ning so’nggi bosqichida rangtasvir monoxrom rang gammasiga o’ta boshlaydi. Grafikada esa asosiy sof (toza) va tiniq chiziklar asarning emosional tomonini belgilovchi va asar g’oyasini yorituvchi vo- Sitaga aylandi. K. rangtasvirida buyum va obrazlar tasviri ixcham, xarakter jihatidan spektr ranglariga yaqin. Bu ranglar kartina (asar)da tasvirlangan buyum va manzara planlarini aniq, ifo- dalaydi. Mas, manzara janrida birinchi plan issiq-jigarrang, o’rta plan yashil va orka plan moviy, ko’k ranglarda ifo-da- langan. Bu jixatdan asarlar sahna Deko- rasiya (bezak)lariga yaqinlashadi. O’zbekistonda K.ning so’nggi ko’rinishi — akademizm yo’nalishi ko’proq S. Yudin, R. Zommer, I. Karnov- larning syujetli kompozisiyalarida o’z ifodasini topdi. Teatr san’atida K.ning yuzaga keli- shi frantsuz aktyorlari g. Mondori va J. Floridor faoliyati b-n bog’liq. J. Rasin davrida shogirdlari T. Dyupark va M. Shanmele ijodida uslub sifatida poyo- niga etdi. Ayniqsa, Frantsiya teatridagi K.ning yaqqol ko’rinishi E. Rashel ijo- dida namoyon bo’ldi. K. spektakllarida tarixiy aniqlik etishmagan, zamonaviy qahramonlar antik dunyo kahramonlari qiyofasida talqin qilingan. Spektak- llar umumiy tantanavorligi, qat’iy shaklga egaligi va mizansahnalar tuzi- lish jihatdan simmetriyaga asoslangan- ligi b-n ajralib turgan. K.dagi demokratik, realistic yo’nalishlar J. Molerning sahnaviy islohotida, aktyorlar M. Baron va A. Lekuvryor ijodida, konservativ yo’nalishlar saroy teatrida namoyon bo’ldi. 18-a. 2-yarmida K.dagi progressive yo’nalish burjua ma’rifatparvarligi goyalari b-n uzviy bog’langan. K. Neyber (Germaniya), T. Betterton va J. Kembl (Angliya) kabi artistlar ham K.ning yirik vakillaridir. Frantsuz burjua Rev-yasi davri (1789-94) da F. Tal- ma rahbarligida ilg’or teatr arboblari K.ning grajdanlik tendentsiyalarini revolyusion — qahramonlik darajasiga ko’tardi. Keyinchalik K. san’atida Revo- lyusion mazmun yo’qolib, sahna o’yini ritorik formal xususiyatga ega bo’ldi. E. Rashel ijodi frantsuz teatridagi K. ning yorqin ko’rinishi edi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida K.ning estetik nor- malari “Komedi Fransez” teatrida J. Mune-Syulli, Sara Bernar kabi aktyorlar ijrosida o’z aksini topdi. 18-a.ning 30-50-y.larida rus K.i G’arbiy Evropa K.ining asosiy xususiyat- larini saqlab qoldi, unda ma’rifatpar- varlik g’oyalari, norozilik mavzulari, kamchiliklarni hajv qilish keng o’rin egalladi. Ad.: Russkaya literatura XVIII v. EPO- xa klassisizma (SB.st.), M. — L., 1964; Vipper Yu. B., Formirovanie klassi- tsizma vo frantsuzskoy poezii nachala 17 v., M., 1967; Renessans, Barokko, Klas- sisizm. Problema stiley v zapadnoev- ropeyskom iskusstve 15-17 vekov, M., 1968; Vseobtshaya istoriya arxitekturi v 12 tomax, t. 7, M., 1969; Rotenberg E. I., Zapadnoevropeyskoe iskusstvo 17 veka, M., 1971 (Pamyatniki mirovogo iskus- stva, VIP. 4, 1-ya seriya).