Kislota va asoslar
Kislota va asoslar – kimyo- viy birikmalarning katta guruhlari. Odatda, tarkibida vodorod bo’lgan (NS1, HNO,, H2SO4, CHjCOOOH va h. k.) va suvda erigan (aralashgan)da dissosia- tsiyalanib, ionlar N+ (protonlar), yoki aniqrog’i, gidroksoniy N,o+ ionlari hosil qiladigan moddalar kislotalar deyiladi. Ajralib chiquvchi protonlar soniga qarab bir asosli (mas, nitrat, xlorid, sirka kislotalar — HNO,, HC1, SN3SOON), ikki asosli (sulfat, kar- bonat kislotalar — H2SO4, H,CO3), uch asosli (ortofosfat kislota — N3RO4) kislotalar mavjud. Kislotaning suvdagi eritmasida gidroksoniy ionlari qancha ko’p bo’lsa, ya’ni kislota qancha ko’p dis- sosiasiyalansa, u shuncha kuchli bo’ladi. Ionlanish konstantari 105 dan kam kis- lotalar (sirka kislota 1,8 • 10 karbonat kislota 3,5-10″7, tsianid kislota 7,8- Yu”10) kuchsiz kislota hisoblanadi. Kis- lotalarning suvdagi eritmalari elektr tokini o’tkazadi, indikatorlar rangini o’zgartiradi (mas, kislota ta’sirida ko’k lakmus qizaradi). Organik kislotalar haqida karbon kislotalar ga qarang. Tarkibida gidroksil guruhi on~ [Kon, NaOH, sa(on)2 va b.] bo’lgan hamda suvdagi eritmasida gidroksil ionlar on~ hosil qiladigan moddalar asoslar deyiladi. Ko’pgina asoslar suv- da erimaydi. Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deb ataladi. Ishqorlar ham indikatorlar rangini o’zgartiradi. Tar- kibidagi gidroksil guruhi soniga qarab bir, ikki, uch kislotali asoslar bo’ladi. Suvda to’la dissosiasiyalanmaydigan asoslar kuchsiz asoslar (mas, ammoniy gidroksid NH4OH), kaliy gidroksid Kon, natriy gidroksid NaOH, bariy gi- droksid va (on)2 kuchli asoslardir. K. va a. ta’rifiga doyr turli fikrlar mavjud. Shved olimi S. Arreniusning elektrolitik dissosiasiya nazariyasiga ko’ra (1887), suvda dissosiasiyalanganda vodorod N+ ionlari va anionlar hosil qiladigan birikmalar kislotalar deb, dissosiasiyalanganda gidroksil ionla- ri on va kationlar ajratib chikaradigan birikmalar asoslar deb ataladi. K. va a. tushunchasini elektrolitik dissosiasiya nazariyaen asosida tushunish amaliy ish- lar uchun kifoya qiladi. Lekin K. va a. xosslariga ega bo’lgan ko’pgina birikma- lar tarkibida vodorod ham, on” guruhi ham yo’qligi ancha ilgari aniqlangan. Bundan tashqari, bir moddaning o’zi ba’- zi reaktsiyalarda kislota, boshka reaktsi- yalarda esa asos sifatida namoyon bo’ladi. Modsalarning kislota yoki asosga man- subligini belgilaydigan mezon hozircha topilgani yo’q. Daniyalik fizik kimyo- gar I.N. Bryonsted va T. Lourining Pro- ton va amerikalik fizik kimyogar g.N. Lyuisning elektron kontsepsiyasi keng tarqalgan (1923). Bryonsted tarkibida vodorod bo’lib, reaktsiyada proton bera- digan moddalarni kislotalar sinfiga, o’ziga elektron qabul qiladigan modda- larni esa asoslar sinfiga kiritadi. Kislotadan asosga proton o’tadigan re- aktsiya kislota-asosli yoki protolitik re- aktsiya deyiladi. AN+V~ <=> A+VN (AN — kislota, V- — asos). Bryonstedning kontsepsiyasi bir oz cheklangan. Chunki tarkibida vodorod bo’lmasada, kislota xossalariga ega bo’lgan moddalar ham mavjud. Bo’larga elektroni kam birikmalar, mas, alyu- miniy, bor, qalay galogenidlari, ba’zi metallarning oksidlari va b. kiradi. Lyuisning fikricha, kimyoviy reaktsiya jarayonida o’ziga bir juft elektron bi- riktirib oladigan moddalar kislota, ikkita elektron beradigan moddalar esa asoslar deyiladi. Natijada kislo- ta molekulasi asos hisobiga electron b-n to’ladi va barqaror elektron qavatli (qisman oktet) va donor-aktseptor bogli yangi birikma (to’z) hosil bo’ladi: N G’ H:N:+ B:F N F N G’ H:N:B:F N F (bu erda BF3 — kislota, NH3 — asos). Lyuisning fikricha, kislota-asos reaktsiyalarning xususiyatlari asos elek- tron juftining umumiy bo’lib qolishi b-n bog’likdir. Bu reaktsiyalar shunisi b-n oksidlanish-qaytarilish reaktsiyala- ridan farq qiladi. Chunki oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalarida oksidlovchi- ning molekulalari qaytariluvchi modda molekulasidagi bir yoki bir necha elek- tronni butunlay tortib oladi. Bryon- steddan farkli ravishda Lyuis kislota- asos xossalarini muayyan kimyoviy ele- ment (vodorod) b-n emas, balki atomlar tashqi elektron qobig’ining to’zilishi b-n bog’laydi. Bryonsted va Lyuis naza- riyalaridan amaliyotda keng foydalani- ladi. Elektron va proton nazariyalarini M.I.Usanovich taklif qilgan nazariya (1939-53) birlashtiradi. Bu nazariyaga asosan kationlarini bera oladigan yoki anionlarni birlashtira oladigan mod- dalar kislotalar, anionlar ajratadigan yoki kationlarni birlashtira oladigan moddalar asoslar deb ataladi, mas: Fe(CN)3(K-Ta) +3KCN(acoc) -” ^ K3[Fe(CN)6] SN31 (k-ta) +N(CH3)3(acoc) -* -> (CH3)4NI Kislota-asos jarayonlari (neytral- lash, gidroliz, metallarni o’yish va b.) keng qo’llaniladi. Ko’pgina kislotalar (sulfat, nitrat, xlorid, ortofosfat) va ishqorlar (o’yuvchi kaliy, o’yuvchi na- triy va b.) kimyo sanoatining asosiy xom ashyolaridandir. Tirik organizmdagi bir qancha biokimyoviy jarayonlarda K. va a. ishtirok etadi. Tirik tabiatdagi uni- Versal, muhim birikma — nuklein kis- lotalar va oqsillar polimer K. va a.dir. Ayrim K. va a. organizmga shifobaxsh ta’sir ko’rsatadi. Mas, xlorid kislota- ning suyultirilgan eritmalari tibbi- yotda me’da shirasini ko’paytirish uchun, borat kislota eritmasi dezinfektsiya maqsadlarida ishlatiladi. Ammo yuqori kontsentrasiyadagi K. va a. organizmga kirganda ichki organlarning qattiq kuy- ishiga, qonning bo’zilishiga, yurak fao- liyatining susayishiga va ba’zan o’limga sabab bo’lishi mumkin. Ad.: Miskidjyan SP, Garnovskiy A.D., Vvedenie v sovremennuyu teoriyu kislot i osnovaniy, Kiev, 1979. Stalina Qosimova.