Kinotexnika

Kinotexnika — kinofilmlar- ni suratga olish, nusxalarini ko’chirish (ko’paytirish) va namoyish qilish b-n shug’ullanadigan texnika sohasi. Asta- sekin, bosqichma-bosqich paydo bo’lgan, shakllangan va taraqqiy etib borgan. K.ning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiy etish jarayonlari yorug’lik tex- nikasi, mexaniqa, optika, fotog’rafiya, elektronika, kompyuter texnologiyasi va b. soha yutuqlaridan ke-ng foydalanish- ni taqozo etgan. K.ning asosiy texnika- viy vositalari: kinoga olish apparati, nusxa ko’chirish apparati, kino qo’yish apparati, kompyuter. Fotografiyaning kashf qilinishi (19-a. o’rtalari) ixtirochilarda foto- tasvirlarni harakatlantirib namoyish qilish g’oyasini tug’dirdi. Lekin bo’nga qadar (17-asrda) nemis olimi A. Kir- xer “sirli chiroq”ni yaratdi. U yorug’lik manbai (sham), shaffof shishaga chizil- gan surat, shu suratni kattalashtiruvchi moslama (hozirgi ob’ektiv) va ekrandan iborat edi. Shamdan to’shayotgan yorug’lik shaffof shisha orqali o’tib, undagi Su- ratni ekranga tushirar edi. Keyinchalik (1882 y.) belgiyalik fizik J. Plato fenakistiskop deb ataladigan asbob yasadi. U tasvir (boltakash) chizilgan disk, shu diski i aylantiruvchi tasma- li o’zatma va ko’zgudan iborat edi. Disk aylantirilganda tomoshabin diskdagi tirqishlardan qarab, ro’paradagi ko’zguda go’yo harakatlanayotgandek tuyulgan tas- virni (boltakashning harakatlarini) ko’rgan. Tasvirlarni suratga olish va keyin ularni ekranga tushirish uchun yorug’liksezgir material talab qilinar edi. Ko’p izlanishlardan keyin shunday modda topildi. 19-a. birinchi yarmida frantsuzlar L. J. Doger va J. Neps yorug’lik ta’sirida rangini o’zgartiruvchi modda kashf qildilar. Shu modda plyon- ka yoki shisha sirtiga surkalardi. Hozir bu moddaning tarkibi takomillashti- rilgan. 19-a. oxirlarida “Lyumer” (Frantsiya) va “Istmen Kodak” (AQSh) firmalari kinolentalar ishlab chikara boshladi. Frantsuz astronomi P. Jan- sen 1874 y., frantsuz fiziologi Marey 1888 y., ingliz ixtirochilari F. Grin va J. Evans 1889 y. kinoga olish appa- ratini, frantsuz ixtirochisi Lui Lyu- mer esa 1894 y. kinoga olish va namoy- ish qilish apparatini yaratdilar. Lui Lyumer 1895 y. 22 mart kuni Parijda “Ishchilarning fabrikadan chiqishi” deb ataladigan hujjatli filmni namoy- ish qildi. Ana shu kun kinematografiya tug’ilgan kun hisoblanadi. Frantsiyada Sh. Pate va L. Gomon 1897 y.da bir ne- chta takomillashtirilgan kinoga olish va namoyish qilish apparatlarini sano- at miqyosida ishlab chiqara boshladilar. Ular dastlabki kinodan nusxa ko’chirish apparatlarini ham ishlab chiqardilar. Bo’larning hammasi ovozsiz kino uchun mo’ljallangan edi. 20-a. boshlarida K. ancha suet rivoj- landi. Lekin kino san’ati taraqqiy etishi b-n K. sifatiga talab kuchaydi. Natijada kinoapparatlarning yangi xil- lari yaratildi. Frantsuz firmasi “A. Debri” 1908 y. ichki kassetali kinoga olish apparati ishlab chiqara boshladi. 20-a. 10-y.lari oxiriga kelib ovozsiz K. taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Shu davrda avtomatik mexanizmli, mikrosko- pik va tezkor kinoga olish apparatlari, jarroxlik operasiyalarini kinoga olish apparatlari, dastaki avtomatik appa- ratlar va b. yaratildi. 20-a. 30-y.larida ko’chma va muqim (stasionar) kinoproek- torlar bar-po qilindi, kinolentalar, kinoga olish va kino qo’yish apparatlari, kinodan nusxa ko’chirish apparatlari, ki- nolentalarni ochiltirish, kinosuratga olish maydonlarini yoritish va kino- lentalarni montaj qilish apparatlari ko’plab ishlab chiqarila boshladi. Kinematograf mahkam oyoqqa turib, ovozsiz kino ishlab chiqarish sanoati muayyan darajada mustahkamlanib ol- ganidan so’ng birin-ketin ovozli kino, rangli, stereoskopik, keng formatli, panoram va keng ekranli kino, doira- viy panoram va keng ekranli kino paydo bo’ldi. Kinoning bu turlari uchun yangi- yangi apparatlar, asboblar, materiallar, kinolentalar va usullar ishlab chiqildi, eskilari yangilariga almashtirib boril- Di. Ovozli kino AQSh, sobiq Ittifoq va G’arbiy Evropaning barcha mamlakat- larida deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi. 20-a. 50-y.laridan boshlab ovoz magnit lentasida yozila boshladi. Ko’p qatlamli kinolentada uch rangli tasvir hosil qilish usuli topilganidan so’ng rangli kinofilmga asos solindi. Rangli kino- filmlarni kinoga olish va kino qo’yish tizimi ayniqsa AQSh, sobiq Ittifoq, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiyada rivojlandi. Yuqorida aytib o’tilgan ti- zimlar, asosan, 70 mm, 35 mm va 16 mm li kinolentalarga mo’ljallangan. 20- a. 60-y.laridan boshlab havaskorlik va o’quv maqsadlari uchun 8 mm li kinolen- talar ishlab chiqarila boshladi. K. Mun- tazam ravishda takomillashtirilib bo- rildi, ya’ni tasvir va ovoz sifati yaxshi- landi, kino san’atining ta’sirchanligi oshdi, yorug’liksezgirroq kinolentalar yaratildi, optik usulda nusxa ko’chirish usuli b-n filmlarni bir formatdan boshqa formatga ko’chirish jihozlari va texnologik jarayonlari mukammallashti- rildi; kinoga olishda va, ayniqsa, vide- ofilmlarni suratga olishda kompyuter texnologiyalari keng ishlatila boshladi. K. jarayonlaridan televidenieda ham foydalaniladi (q. Kino san’ati, kino- televizion texnika). Hoz. kunda AQSh, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Rossiya va, ayniqsa, Yaponiyada K. keng rivojlangan bo’lib, yangi takomillashgan markali apparatlar ishlab chiqariladi. O’zbekiston Respublikasining kino tarmog’ini “O’zbekkino” DAK, “O’zbekfilm” kinostudiyasi, KinoX- ronika, kinofikasiya sohalari tash- kil qiladi. Bo’lar respublikaning 14 hududida kinoprokat tashkilotlari, ta’mirlash-ishlab chiqarish korxona- lari, videomarkazlari orqali faoliyat ko’rsatmokda. 20-a. 90-y.lari oxirlarida kino va videofilmlarni suratga olish va na- moyish qilish apparatlari i.ch. borasida haqiqiy inqilob yuz berdi. Yaponiyaning “Panasonic” (“Panasonik”) firmasidan kinovideapparatlar (mas, videomagni- tofon AG-6100 va kinolentali video- proektor RT-102) sotib olindi. Bunday inqilob natijasida yuqori sifatli tovush jo’rligida rangli yozib olish va katta kinoteatrlar ekranlarida namoy- ish qilishga imkon tug’ildi. Oddiy ki- noproektor (kinoga olish apparati) va kinoplyonkaga raqobatchi — multimedia videoproektor paydo bo’ldi. Kinotas- virlar tushirilgan disklardan foyda- lanilganda olti kanalli raqamli tovush tizimi “Dolbi Digital”dan yoki ikki kanalli tovush tizimi “Dolbi Pro”dan foydalaniladi. Raqamli proektor is- talgan tipdagi kompyuter b-n ishlashi mumkin, shu b-n birga, yuqori sifatli kompyuter tasvirlari katta kinoekran- larga tushirilishi mumkin. Hatto proek- tsiyalash (kino qo’yish) xonasining o’ziga efir, kabel va yo’ldosh telesignalla- rini qabul qiladigan televizion pri- yomniklarni ham joylashtirish mumkin, bu esa katta ekranga istalgan televizion tasvirni tushirishga imkon beradi. So’nggi paytlarda (2000-y.larda) 3 trubkali (kineskopli) proektor – lar o’rniga suyuq kristalli (LCD) va mikroko’zguli (DLP) hamda matrisali (DMD) proektorlar paydo bo’ldi. Ular- ni boshqarish va ishlatish juda qulay, yuqori tasvir va tovush sifati ta’min- lanadi. Kino i.ch.ning yangi standarti umuman K., xususan, kinoga olish, kino qo’yish va kinotelevizion texnika sohalarini ke- skin rivojlantiradi. Hozir kinoplyon- kadan foydalanayotgan kinotashkilotlar endilikda elektron filmlarni aloqa kanali orqali oladigan bo’lishdi. Elek- tron filmlar i.ch. video, kino va kom- pyuter texnikasining qo’shilib ketishi yo’nalishida rivojlanadi. Hozir quyidagi yo’nalishlarda ish- lar olib borilmokda: — filmlarni radiokanallar orqali o’zatish; — yozib olish vaqti 270 min.ga etadi- gan videokamera (“Panasonic”); – diskli kinokamera DV-disk (AQSh); — jurnalistlar uchun mo’ljallangan ixcham videokamera (“SONY”); — quvvati 700 ANSI lyumen (mas- sasi 1,3 kg) bo’lgan ixcham mikroproek- torlardan tortib quvvati 4700 ANSI lyumen (massasi 2,5 kg) bo’lgan quvvatli proektorlar (“SONY” firmasi) ishlab chiqarilmoqda; — yangi raqamli videokameralar televidenieda yangi standartlarni bel- gilamokda. TFR tipidagi matrisadan foydalanib satr yoyishning yangi texno- logiyasi kinotasvirdan qolishmaydigan videotasvir hosil qilishga imkon bera- Di (“Filife” firmasi). Ergash Komilov.